None

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” yoʻnalishi talabalari Bishkek shahrida


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” yoʻnalishi talabalari Bishkek shahrida.2023 yil 22-oktabrdan Tarix yoʻnalishi 2-bosqich talabalarining Qirgʻizistonning Jusup Balasagin nomidagi Qirgiz Milliy universitetiga  safari boshlandi. Safar davomida talabalar universitet qoshidagi tarix va mintaqashunoslik instituti  direktori Turatbek Sirdibayev bilan uchrashib, taʼlim muassasalarimiz oʻrtasidagi hamkorlik va talabalar almashinuvini yanada rivojlantirish imkoniyatlari haqida yoʻl xaritasini tuzib chiqishdi.  Arxeologiya, etnologiya, manbashunoslik va tarixshunoslik kafedrasi mudiri, professor Tamerlan Charginov  bilan suhbat ayniqsa talabalarda katta qiziqish uygʻotdi. Professor  Qirgʻizistondagi soʻnggi paleolit  davri haqida gapirib berdi. Bu oʻz navbatida talabalarimizga  oʻlka tarixi haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish va shu davrga oid arxeologik topilmalar bilan tanishish uchun noyob imkoniyat boʻldi.Ilmiy safar davom etmoqda!