Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) hamda Asia Alliance Bank o‘rtasida ta’lim va moliya sohalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi
Mazkur hujjat zamonaviy kadrlarni tayyorlash, talabalar uchun amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda mehnat bozori talablariga mos ta’lim loyihalarini amalga oshirishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hamkorlik doirasida talabalar va yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, bank sohasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.
Ushbu kelishuv ta’lim va biznes integratsiyasini kuchaytirish, bilim va ilg‘or tajribaga asoslangan mustahkam ekotizimni yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir.