Has your cooperation with South Korea ended due to the change of the name of the Yeoju Technical Institute in Tashkent?

Toshkent shahridagi Yeodju texnika institutining nomi oʻzgarishi oqibatida Janubiy Koreya bilan hamkorligingiz tugadimi?


Abituriyentlarimiz va ota-onalar tomonidan eng koʻp beriladigan savollardan biri: “Toshkent shahridagi Yeodju texnika institutining nomi oʻzgarishi oqibatida Janubiy Koreya bilan hamkorligingiz tugadimi?”
Javob: Yoʻq, aksincha, hamkorligimiz koʻlami yanada kengaydi. Sababi, institutga universitet maqomi berilgandan soʻng, Janubiy Koreyaning bir qator universitetlari bilan teng huquqiy asoslarda hamkorlik qilish imkoniyati ochildi. Hozirda turli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha koʻplab talabalarimiz qoʻshma dasturlar asosida Janubiy Koreyada tahsil olmoqdalar. Hamda ularning soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Hamkor universitetlarimiz: Hanyang universiteti, Gachon universiteti, Daegu universiteti, Hankyong milliy universiteti, Chosun va Jeonju universitetlari.
Janubiy Koreyada taʼlim boʻyicha batafsil maʼlumot uchun:

+998 95 515 11 88

+998 95 479 40 40

+998 95 478 40 40