Toşkent Kimyo xalqaro universitetida is gazidan zaharlanişning oldini olişga bağişlangan uchraşuv bo‘lib o‘tdi
6-noyabr kuni Toşkent Kimyo xalqaro universitetida O‘zbekiston Ekologik partiyasi taşabbusi bilan “Ekologik xavfsizlik va inson hayoti: is gazidan ogoh bo‘laylik” mavzusida profilaktik uchraşuv taşkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi mutaxassislari, universitet professor-o‘qituvçilari va talabalar iştirok etdi.
Uçraşuvni universitetning Amaliy kosmetologiya kafedrasi mudiri Nargiza Gazixodjayeva, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toşkent şahar partiya taşkiloti raisi, Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Sevara Fayziyeva hamda partiya Markaziy Kengaşi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boşliği Diyora Şaripova kirish so‘zlari bilan ochib berdi.
Tadbirning asosiy qismida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvçilari, podpolkovniklar Isroil Talibdjanov va Şerali Asamov is gazidan zaharlaniş xavfi, uning oldini oliş çoralari hamda favqulodda vaziyatlarda to‘ğri harakat qiliş tartibi haqida ma’lumot berdilar.
Mutaxassislar is gazining rangsiz va hidsiz ekani sababli uni sezish qiyinligi, ayniqsa, isitish mavsumida gaz jihozlaridan noto‘ğri foydalaniş oğir oqibatlarga olib kelişi mumkinligiga e’tibor qaratdilar.
Uçraşuv davomida gaz uskunalaridan xavfsiz foydalaniş, xonalarni şamollatiş, mo‘rilar va ventilyatsiya tizimlarining sozligini nazorat qiliş kabi muhim profilaktik çoralar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida savol-javoblar taşkil etilib, iştirokchilar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan ma’lumot oliş imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Is gazidan zaharlanişning oldini oliş, avvalo, oddiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilişdan boşlanadi. Bu kabi profilaktik uçraşuvlar talabalarning kundalik hayotda uçraşi mumkin bo‘lgan xavflar haqidagi bilimlarini oşirişga xizmat qiladi.