Turizmni auditoriyada o‘rganishning o‘zi yetarlimi?
Yaxshi gid nafaqat tarixni bilishi, balki uni qiziqarli hikoya qila olishi, sayohat marshrutini to‘g‘ri tuzishi va sayyohlarda taassurot uyg‘ota olishi kerak. Bunday ko‘nikmalar esa amaliyotda shakllanadi.
11-oktabr kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Turizm yo‘nalishi talabalari Tour Guide and Tour Operator fani doirasida Samarqandga o‘quv-amaliy sayohat uyushtirdilar.
Talabalar Registon, Go‘ri Amir, Shohi Zinda va boshqa tarixiy maskanlarda ekskursiyalarni tashkil etish, gidlik mahorati hamda turistik marshrutlarni rejalashtirish jarayonlarini o‘rgandilar.
Bu tajriba nima uchun muhim? Chunki turizm sohasi mutaxassisi tarixiy obidani shunchaki tanishtirish bilan cheklanmaydi. U sayyoh uchun mazmunli, qulay va esda qolarli sayohat tajribasini yarata olishi kerak.
Sayohatdan so‘ng talabalar kuzatuvlari asosida o‘z turistik marshrutlarini ishlab chiqadilar.