None

Universitet delegatsiyasi Turkiyaga tashrif buyurdi


Universitet delegatsiyasi Turkiyaga tashrif buyurdi

Hozirda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Taʼlim”, “Tibbiyot”, “Biznes va moliya” hamda мagistratura yoʻnalishlarining rahbarlari Turkiyaning Nejmettin Erbakan universitetida (NEU) xizmat safarida boʻlib turishibdi. Tashrifdan asosiy maqsad - ikki universitet oʻrtasidagi qoʻshma dasturlar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, hamkorlik har ikki muassasaning talabalar uchun global miqyosda akademik tajribasini boyitishga intilishidan dalolat beradi. Muzokaralar davomida yoʻnalish rahbarlari qoʻshma loyihalar, tadqiqot tashabbuslari va hamkorlikdagi akademik harakatlar uchun ish rejasi tuzishdi.

Xizmat safari davomida yoʻnalish rahbarlari Nejmettin Erbakan universitetining boshqa taʼlim yoʻnalishlari faoliyati bilan yaqindan tanishishadi.

Yangiliklarni kuzatishda davomi eting.