The business trip of representatives of our university to Italy continues

Universitetimiz vakillarining Italiyaga xizmat safari davom etmoqda


Ular Peskara dizayn universitetining oʻqituvchilari, shu bilan birga Gucci, Prada, Roberto Cavalli, Fendi kabi dunyoga mashhur kompaniyalarda faoliyat olib boradigan dizaynerlar bilan uchrashishdilar. Delegatsiyamiz aʼzolarining Universita Europea Del Design Pescara ning “Fashion Design” hamda “Graphic Design” boʻlimlari vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. “Fashion Design” yoʻnalishining oʻquv fanlari, erishilayotgan yutuqlari, talabalarning portfoliolari, sketchbook (eskiz kitobi), moodboard hamda kollektsiyalari bilan tanishdilar. Bundan tashqari “Graphic Design” departamenti mutaxassislik fanlari, kafedra yetakchi professor oʻqituvchilari hamda oʻquv jarayoni boʻyicha maʼlumot almashildi. Eng ahamiyatli jihati, iqtidorli bitiruvchi talabalar ham Gucci, Prada, R.Cavalli, Fendi kabi nufuzli kompaniyalarga aksariyat hollarda ishga joylashar ekanlar. Kunning ikkinchi yarmida rektori J. Kudaybergenov tomonidan unversitetimiz tarixi, oʻquv jarayoni, “Liboslar dizayni” kafedrasi talabalarining yutuqlari, kolleksiyalar namoyishlari boʻyicha taqdimot qilib oʻtdi.