The first graduates of our university became the winners of the “Shaharsoz - 2022” competition

Universitetimizning ilk bitiruvchi talabalari “Shaharsoz – 2022” tanlovida gʻolib boʻldilar


“Yuksalish” umummilliy harakati qoshidagi “Shaharsozlik to‘lqini” tashabbusi hamda Xitoyning Hisense kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkentda Hisense Award “Shaharsoz – 2022” bitiruv malakaviy ishlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Shahzod Rahmatov “Community Arts Center”, Ismoiljon Gʻulomjonov “Youth professional school”, Behzod Madaminbekov “Youth Center”, Mardonbek Toʻxtamurodov “Koʻp funksiyali turar joy binosi” loyihalari uchun faxriy oʻrinlarni egalladilar.