Uzbekistan Fashion Week (UFW) 2022

Uzbekistan Fashion Week (UFW) 2022


18-20 noyabr kunlari yurtimizda “Uzbekistan Fashion Week (UFW) 2022” (3-mavsum) modalar namoyishi boʻlib oʻtdi. Haftalik davomida Oʻzbekiston zamonaviy moda rivoji va xalqaro moda tendensiyalari mavzusida nazariy maʼruzalar tinglandi, taniqli dizaynerlarning soʻnggi kolleksiyalari bilan bir qatorda ellikdan ortiq yurtimizdagi iqtidorli yosh dizaynerlarining kolleksiyalari ham taqdim etildi. Anʼanaviy tarzda boʻlib oʻtgan ushbu moda haftaligida Toshkent xalqaro Kimyo universitetining Fashion design fakultetining 3-kurs talabalaridan Nigʻmatova Maryam (“BAN”), Normamatova Sevinch (“ETNO”), Tolipova Madina. (“JOYFULL”) shaxsiy kolleksiyalari bilan ishtirok etishdi.

Universitetimiz talabasi Normamatova Sevinch “Uzbekistan Fashion Week (UFW) 2022” (3-mavsum) modalar haftaligida yaqin tariximiz hisoblangan xonliklar davriga oid arxiv fotolari, milliy libos va badiiy matolardan ilhomlanib yaratgan “Sharq va Gʻarb – zamon ichra muloqot” ruhidagi “ETNO” kolleksiyasi bilan ishtirok etdi. Normamatova Sevinch malakali hayʼat aʼzolari tomonidan “Eng yaxshi yosh dizayner” nominatsiyasi boʻyicha gʻolibi deb topildi. Iqtidorli talabamizga tadbir homiylari tomonidan Milan moda haftaligi uchun yoʻllanma va esdalik sovgʻalari topshirildi.