Uzbekistan Fashion Week

Uzbekistan Fashion Week


Universitetimizning “Liboslar dizayni” yoʻnalishi talabalari “Uzbekistan Fashion Week”ning uchinchi mavsumida oʻz kolleksiyalari bilan ishtirok etishdi. Eng quvonarlisi, talabalarimizdan biri tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Milan shahriga borish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 
“Uzbekistan Fashion Week” - xalqaro ijodiy loyiha boʻlib, oʻz kolleksiyalaringizni professional va yosh dizaynerlarga namoyish etish uchun noyob imkoniyatdir. Ushbu mavsumda tomoshabinlar moda va raqamli texnologiyalarning simbiozini koʻrishadi, bu yerda texnologiya va haqiqat oʻrtasidagi barcha chegaralar oʻchiriladi.