None

“Vosiq International School and Kindergarten” bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun universitet boʻylab tanishtiruv safari tashkil qilindi


“Vosiq International School and Kindergarten” bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun universitet boʻylab tanishtiruv safari tashkil qilindi. Bu tashrif nafaqat oʻquvchilarga oliy taʼlim muassasining imkoniyatlarini koʻrsatdi, balki ularning kelajakdagi yoʻnalishlarini aniqlashda muhim qadam boʻldi.

KIUT oʻquvchilarga oʻz eshiklarini keng ochib, ularni qiziqishlariga qarab, turli fakultet va kafedralarga boshladi. Bu tashrif davomida oʻquvchilar universitet hayotining haqiqiy mohiyatini his etishdi: auditoriyalardan tortib, ilmiy laboratoriyalargacha, shuningdek, talabalar hayotining ijtimoiy jihatlarini ham koʻrish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Tibbiyotga qiziqqan talabalarda esa universitetning tibbiyot fakulteti alohida taassurot qoldirdi. Shuningdek, “Kimyo University Hospital”ning zamonaviy tibbiy asbob-uskunalari bilan tanishuv, amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etish va sohada yetakchi mutaxassislar bilan uchrashuvlar kelajakdagi tibbiyot sohasi vakillarini yanada ilhomlantirdi.
Sanʼat va dizaynga qiziqqan oʻquvchilar uchun universitetning sanʼat galereyasi va dizayn studiyalari beqiyos imkoniyatlarni taqdim etdi.

Universitetga tashrif, bitiruvchi sinf oʻquvchilariga nafaqat bilim, balki ilhom va maqsad sari intilish uchun yangi yoʻnalishlar ochib berdi.