AS YOU KNOW, THE ACTIVITIES OF THE HUAWEI ACADEMY WERE ORGANIZED AT THE YEOJU TECHNICAL INSTITUTE IN TASHKENT

XABARINGIZ BOR, TOSHKENT SHAHRIDAGI YEODJU TEXNIKA INSTITUTIDA HUAWEI ACADEMY FOALIYATI TASHKIL ETILGAN


Xabaringiz bor, Toshkent shahridagi Yeodju texnika institutida Huawei Academy foaliyati tashkil etilgan. Institutning Аmaliy informatika kafedrasi oʼqituvchisi Shukurov Farrux Qozogʼistonda tashkil etilgan CCNA kursi boʼyicha malaka oshirib qaytdi. Kursni muvaffaqiyatli yakunlab, trenerlik sertifikati bilan taqdirlangan hamkasbimiz oʼz taassurotlari bilan oʼrtoqlashdi.

«Darslar yaxshi oʼtdi, sifati juda yaxshi. Kurs har kuni 09:00 dan 18:00 gacha 10 kun davom etdi. Instruktorning malakasi juda yuqori va oʼzining sohasini yaxshi biladi. Kunduzgi dars oʼtilgandan soʼng, mehmonxonaga qaytganda, laboratoriya ishlarini bajardik. Huawei kompaniyasi oʼqish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Bu kurs CISCO ning CCNA kursi bilan darajasi bir, avval CCNA kursini bir marta onlayn oʼqiganman, ammo onlayn oʼqishdan koʼra darsda oʼtirib oʼqish ancha samarali boʼlar ekan. Аvval u kursni tugatganimda sertifikat olish uchun imtixon topshirish 600$ boʼlib, hamma narsa mablagʼga borib taqalgan, bu safar esa juda hursandman, unday muammo yoʼq. CISCOdan farqli Huawei kurslarining yoqgan tarafi:

1. Materiallar va oʼqish uchun kerak boʼladigan simulyatorlar har doim ochiq holatda internetda bor. Huawei saytidan xoxlagan vaqt yuklab olsa boʼladi.

2. Simulyatorlar tekin, boshqalarda esa, oylik toʼlovi bor. Аlbatta, boshqalarda talabalar uchun versiyasi bor, lekin ular faqat usha davrda, bironta kursda oʼqiyotganlar uchun tekin.

3. Materiallarning mualliflik huquqini saqlagan xolda, institutda talabalarga dars oʼtishga ruxsat etishdi va shunga doir koʼplab maslahatlar berishdi.

Oʼqishga borganimdan juda hursandman, koʼp yangi narsalarni oʼrganib qaytdim va ushbu bilimlarni institutda tashkil etilgan Huawei Academy faoliyatida tatbiq etishni maqsad qildim».

Hozirda CCNA moduli Computer Networks faniga integratsiya qilinadi va talabalar ushbu dastur boʼyicha taʼlim olmoqdalar. Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga tegishli sertifikat beriladi va Huawei kompaniyasiga ishga qabul qilinadilar. Rejaga muvofiq, keyingi bosqichda kafedraning boshqa oʼqituvchilari uchun ham akademiyaning HCIA Datacom, Security, WLAN kabi boshqa modullari boʼyicha treninglar tashkil etiladi hamda ushbu modullar ham oʼquv dasturiga kiritiladi.