Great news for the students and teachers of the faculty of Chinese and English Translation Studies!

Xitoy, ingliz tili tarjimonligi yoʻnalishga kirgan talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun ajoyib yangilik!


Yevropa universitetlarining “TOP-1000” taligidan oʻrin olgan Malta davlat universitetida 2+2 dasturi asosida oʻqishni davom ettirish va ustozlar uchun malaka oshirish imkoniyati mavjud.

Malta davlat universiteti xitoy tili tarjimonligi yoʻnalishi hamda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining  tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi oʻrtasida olib borilgan oʻzaro muzokaralarga koʻra, talabalarimiz ikkinchi kursdan keyin Yevropaning nufuzli universitetida oʻqishlari mumkin boʻladi! Mazkur yoʻnalishlardagi oʻzaro oʻxshashlik ikkala universitetda ham xitoy tili, ingliz tili vositasida oʻqitiladi va bitiruvchi talabalar HSK 5 -6 darajasida xitoy tilini oʻzlashtiradilar hamda tarjimonlik koʻnikmalariga ega boʻladilar. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda tahsil beruvchi oʻqituvchilarning malaka oshirishlarini mazkur universitetda tashkil etishga kelishib olindi.