Representatives of the Chinese company Pui Pan International Education Technology Co., Ltd visited Kimyo International University in Tashkent

Xitoyning Pui Pan International Education Technology Co., Ltd kompaniyasi vakillari Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdilar


Mehmonlarni universitet rektori Janpolat Kudaybergenov kutib oldi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar muhandislik sohasiga malakali kadrlar tayyorlash, ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish va o‘quv jarayonlarini raqamlashrirish masalalarini muhokama qildilar hamda yaqin kelajakda universitet bazasida Xitoy markazini tashkil etishga kelishib oldilar. 
Uchrashuvdan so‘ng universitet laboratoriyalari bo‘ylab tur uyushtirildi. Innovatsiya va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor Jamshid Kaniev mehmonlarni amaldagi loyihalar va talabalar ishlanmalari bilan tanishtirdi.