Meet our teaching staff member who returned from China

Xitoyning Tsinghua universitetida PhD qilib qaytgan ustozimiz bilan tanishing


“QS World University Rankings 2023” roʻyxatiga koʻra 14 oʻrinda turgan, John Hopkins, Yale, Princeton universitetlaridan yuqoriroq baholangan Xitoyning Tsinghua universitetida PhD qilib qaytgan ustozimiz bilan tanishing. 

Rustamov Ibrohim “Mashinasozlik” yoʻnalishi boʻyicha Tsinghua universitetida ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli yoqlab qaytdi. Muhandislik yoʻnalishi boshqa yoʻnalishlarga qaraganda murakkabroq ekanligini hisobga olsak, bu juda katta natija. Xorijiy tilda dunyoning eng nufuzli universitetlarining birida ilmiy ish qilib qaytish insondan katta mehnat, sabr va bilim talab qiladi. Rustamov Ibrohimni mashaqqatli ilm yoʻlini bir qismini munosib bosib oʻtganliklari bilan tabriklaymiz. Ilmiy unvonlari boʻlajak muhandis talabalar uchun ham manfaatli boʻlishiga ishonamiz. Universitetimiz fondida Rustamov Ibrohim kabi ustozlarning borligi faxr hissini uygʻotadi. Universitetimizning jamoasi nomidan Rustamov Ibrohimga kelgusi ishlarida omad tilab qolamiz.