None

Yangi darslik


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” kafedrasi mudiri, prof. A.Zamonov va mudir yordamchisi S.Abdusodiqovlar tomonidan yozilgan “Oʻzbekiston tarixi” ning II-qismi universitetning birinchi rektori, marhum Janpolat Kudaybergenovning yorqin xotirasiga bagʻishlangan.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Tarix” kafedrasi tomonidan Oʻzbekiston tarixining yetti qismli darsligini yaratish ishlari davom etmoqda. Universitetning tarix yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan ushbu “Oʻzbekiston tarixi” (2-qism) darsligi oʻquv rejasiga kiritilgan fan asosida tayyorlangan va “Oʻzbekiston tarixi-2” oʻquv rejasini (Oʻzbekiston tarixining IX–XIV asr oʻrtalari) qamrab olgan. Oliy taʼlim muassasalarining tarix taʼlimi yoʻnalishlari talabalari 1-kursning 2-yarmida “Oʻzbekiston tarixi” fanidan oʻquv adabiyotlariga doimo ehtiyoj sezadi. Mazkur zaruratdan kelib chiqib, IX-XIV asrlarda Turon tarixida roʻy bergan asosiy voqealar yoritilgan. “Tarix” kafedrasi mudiri, prof. A.Zamonov va mudir yordamchisi S.Abdusodiqov tomonidan yozilgan mazkur darslik universitetning birinchi rektori, marhum Janpolat Kudaybergenovning yorqin xotirasiga bagʻishlangan.

“Oʻzbekiston tarixi” kitobi bilan TKXU kutubxonasida tanishish mumkin.