• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Xalqaro qabul
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
    • Yozgi maktab
    • Koʻp beriladigan savollar
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy Kengash
    • Maxsus va malakaviy imtihonlar
    • Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
    • Axborot - resurs markazi
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
None

YANGI O‘QUV YILI MUBORAK!


Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar hamda qadrli universitet jamoasi!

 

Barchangizni yangi 2026/2027 o‘quv yili boshlanishi hamda Bilimlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etamiz!

Yangi o‘quv yili — bu shunchaki navbatdagi akademik davrning boshlanishi emas. Bu — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar, ilmiy va ijodiy izlanishlar, yuksak natijalar sari qo‘yiladigan yangi qadamdir.

Bugun zamonaviy universitetning vazifasi faqat bilim berish bilan cheklanmaydi. Universitet — mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan, innovatsion yechimlar yaratadigan va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan shaxslarni shakllantiradigan intellektual ekomakondir.

Shu bois yangi o‘quv yilida oldimizda yanada yuksak vazifalar turibdi: ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish va universitetimizning xalqaro akademik nufuzini yanada mustahkamlash.

 

Aziz talabalar!

Universitetda o‘tayotgan har bir kuningiz — kelajagingizga kiritilayotgan eng muhim sarmoyadir. Imkoniyatlardan unumli foydalaning, izlanishdan va yangilikka intilishdan to‘xtamang. Bilimni faqat diplom olish vositasi emas, balki hayotni, jamiyatni va kelajakni o‘zgartirish qudrati sifatida qabul qiling.

 

Hurmatli professor-o‘qituvchilar!

Sizning bilimingiz, ilmiy salohiyatingiz, pedagogik mahoratiңiz va fidokorona mehnatingiz universitetimiz taraqqiyotining eng muhim tayanchidir. Har bir talabaning yutug‘ida ustozning mehnati, ishonchi va mas’uliyati mujassam. Yangi o‘quv yilida ham yosh avlodni bilimli, raqobatbardosh va yuksak ma’naviyatli mutaxassislar etib tarbiyalashdek sharafli vazifada barchangizga kuch-g‘ayrat tilaymiz.

Ishonchim komilki, 2026/2027 o‘quv yili universitetimiz uchun barcha faoliyat yo‘nalishlarida sifat, mazmunan yangilanish, ilmiy tadqiqot bo‘yicha yuksalish va yangi xalqaro natijalar yili bo‘ladi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, o‘qish va mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin!

Bilim va izlanish yo‘lidagi har bir qadamimiz universitetimiz va Vatanimiz ravnaqiga xizmat qilsin!

 

Hurmat bilan,

 

Akmal Allakuliyev

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektor


4

4. Sifatli ta'lim
16

16. Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv
17

17. Barqaror rivojlanish yo'lida hamkorlik
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • Shota Rustaveli ko'chasi, 156, 100121 Toshkent
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram