None

Yaponiyaning ASIBIZ LIMITED LLC xalqaro konsalting kompaniyasi va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasidagi hamkorlik - talabalarning kelajagi uchun yangi imkoniyatlar


Yaponiyaning ASIBIZ LIMITED LLC xalqaro konsalting kompaniyasi va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasidagi hamkorlik - talabalarning kelajagi uchun yangi imkoniyatlar. 

Yaponiyaning nufuzli “ASIBIZ LIMITED” LLC xalqaro konsalting kompaniyasi va TKXU oʻrtasida oʻrnatilgan hamkorlik taʼlim va biznes integratsiyasida muhim qadam hisoblanadi. Sababi hamkorlikning asosiy maqsadi - taʼlim dasturlarining sifatini yaxshilash va talabalar uchun amaliy tajriba hamda malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Mazkur hamkorlikni rasmiylashtirish jarayonida “ASIBIZ LIMITED” delegatsiyasini TKXUning rektor v.b. prof. Karimjon Axmedjanov kutib oldi. Uchrashuv chogʻida Muhandislik maktabi tarkibiga kiruvchi yoʻnalishlar talabalarining Yaponiya kompaniyalarida ishga joylashishi, malaka oshirishi va amaliyot oʻtashi masalalari ham oʻrganildi. 

Ushbu hamkorlik talabalar va bitiruvchilarning kelajagiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, ular nafaqat oʻz sohalarida chuqur bilim va malakaga ega boʻladilar, balki xalqaro miqyosda ham tan olinadigan darajada tajriba toʻplaydilar degan umiddamiz.