A memorandum of cooperation was signed between the European University of Design (EUD) in Pescara and the Yeoju Technical Institute in Tashkent

Yeodju va Italiya dizaynerlarni o‘qitish sohasida hamkorlik qiladi


Peskara shahridagi Yevropa dizayn universiteti (EUD) va Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. "EUD Fashion Night" tadbiri doirasida tashkil etilgan memorandumga qo‘l qo‘yish marosimida O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov ishtirok etdi.

Hamkorlik doirasida moda dizayni, grafik dizayn va interyer dizayni yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi amalga oshiriladi. Qadimdan ikki davlat o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlari rivojlanganligiga Marko Polo qo‘lyozmalaridan ham guvoh bo‘lishimiz mumkin. O‘ylaymizki, ijodkor talabalarimiz uchun ushbu hamkorlik kelajakda keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi. 

Ma'lumot o‘rnida: Yevropa dizayn universiteti 1980 yil bir guruh tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan. U dastlab Adriatika politexnika universiteti deb nomlangan. EUD Italiyada birinchilardan bo‘lib ta'lim jarayoniga Macintosh kompyuter tizimini joriy qilgan. Bu esa dizayn sohasida ilg‘or texnologiyalardan keng foydalanish imkonini berdi. Universitetda arxitektura va dizayn, kommunikasiyalar hamda moda fakultetlari bor. Shuningdek, oliy ta'lim muassasasida darslar fotosurat, veb-sahifa, raqamli iqtisodiyot bo‘yicha ham mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.