None

Yodingizda boʻlsa, avgust oyi boshlarida Toshkent Kimyo xalqaro universitetining rahbariyati Avstraliya davlatida xizmat safarida boʻlib qaytgan edi


Yodingizda boʻlsa, avgust oyi boshlarida Toshkent Kimyo xalqaro universitetining rahbariyati Avstraliya davlatida xizmat safarida boʻlib qaytgan edi. Endilikda, hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, Avstraliyaning Edith Cowan universiteti (ECU) vakillari Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga (KIUT) tashrif buyurishdi. Edith Cowan universitetining vitse-kansler oʻrinbosari Janob. Jeykob Garman hamda Muhandislik fakulteti prorektori va masʼul dekani, professor Daryoush Habibiy boshchiligidagi delegatsiyani universitet Rektori Janpolat Kudaybergenov kutib oldi. Uchrashuv ikki muassasa oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganishga qaratilgan muzokaralarning boshlanishi boʻldi. Tashrif davomida har ikki universitet vakillari doimiy rivojlanib borayotgan akademik landshaftda xalqaro hamkorlik muhimligini taʼkidlab, samarali munozaralar olib borishdi. Ushbu munozaralarning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi:
Akademik almashinuv dasturlari, madaniyatlararo taʼlim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuv dasturlari imkoniyatlarini oʻrganish. Qoʻshma tadqiqot tashabbuslari, umumiy tadqiqot manfaatlarini va ularning tegishli sohalariga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan qoʻshma loyihalarni aniqlash.

Ushbu tashrif davomida boʻlib oʻtgan munozaralar Edith Cowan universiteti va KIUT oʻrtasidagi keyingi hamkorlik uchun asos yaratdi. Kelgusi oylarda ikkala muassasa kelishuvlarni rasmiylashtirish, qoʻshma dasturlar ishlab chiqish va muhokama qilingan tashabbuslarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha yaqindan hamkorlik qiladi.
Maʼlumot oʻrnida, Edith Cowan universiteti Avstraliyaning Pert shahrida joylashgan boʻlib, oʻzining innovatsiyalari, tadqiqotlari bilan mashhur.