Data analysis and evaluation of traffic convenience

Yoʻl harakati muhandisligi va boshqaruvi


Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Yoʻl harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan “Maʼlumotlarni tahlil qilish va harakat qulayligini baholash” boʻyicha seminar doirasida nazariy oʻrganilgan bilimlarni amalda sinash maqsadida Shvetsiyaning vibratsiya sohasi boʻyicha katta eksperti professor Kjell Ahlin rahbarligida real yoʻl sharoitida eksperimental tadqiqotlar oʻtkazildi. Ushbu eksperimental tadqiqot Toshkent davlat transport universiteti “Yoʻl muhandisligi” fakulteti bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Tadqiqotda ikki universitet magistr talabalari va tadqiqotchilari qatnashdilar. Ikki hafta davom etgan seminar yakunlandi va qatnashgan talabalarga sertifikatlar taqdim etildi.