In order to effectively organize the leisure of young people, a football tournament called the "CHAIR’S CUP" was organized among the students of the Department of History

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Tarix” kafedrasi talabalari oʻrtasida “MUDIR SOVRINI” shiori ostida sportning futbol turi boʻyicha turnir tashkil qilindi


Oʻyin natijalariga koʻra, “Eng zoʻr hujumchi”, “Eng jonkuyar futbolchi”, “Eng zoʻr himoyachi”, “Eng zoʻr darbozabon”, “Eng havaskor oʻyinchi” singari nominatsiya gʻoliblariga maqtov yorliqlari topshirildi. Turnirda kafedraning kunduzgi HST-71U va HST-72U hamda kechki HSTE-71U va HSTE-72U guruh talabalari faol qatnashdi. Oʻyin natijalariga koʻra: 1-oʻyin  HST-71U-   6- :  -0   -HST-72U, 2-oʻyin HSTE-71U-   2- : -1   -HSTE-72U, 3-oʻrin uchun oʻyin  HST-72U- 3- : -0 -HSTE-72, FINAL HST-71U-   1- : -4   -HSTE-71U hisoblari qayd etildi.  Turnir soʻnggida talabalar oʻrtasida iqtidorli futbol oʻyinchilari saralab olindi. Ular universitetda oʻtkaziladigan keyingi futbol musobaqalarida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritishdi.  Mudir sovrini talabalarga shaxsan tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori, (PhD), professor v.b. Akbar Zamonov tomonidan topshirildi.