Ethnic particular qualities of correcting age-related changes in the face

Yuzdagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni tuzatishning etnik xususiyatlari


Joriy yilning 8 noyabr kuni “Go‘zallik estetikasi” fakulteti dekani rahbarligidagi 4-kurs talabalari “Yuzdagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni tuzatishning etnik xususiyatlari” mavzusida bir kunlik seminarda ishtirok etishdi. Seminar Kprof Education kosmetologlar malakasini oshirish o‘quv markazida bo‘lib o‘tdi. Seminarni xalqaro trener, Bolgariyadagi AURA Yevropa kosmetologiya institutida imtihon komissiyasi a’zosi Panarina Natalya Vasilevna olib bordi. Seminarning har bir ishtirokchisiga xalqaro sertifikat taqdim etildi.