None

Zamira Ibrohimova — kichkintoylarning sevimli adibi


Zamira Ibrohimova — kichkintoylarning sevimli adibi  

Joriy yilning 24-noyabr kuni “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasining professor-oʻqituvchilari tomonidan “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishi bakalavriat va magistratura talabalari uchun kichkintoylarning sevimli adibi Zamira Ibrohimova bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv doirasida Zamira Ibrohimovaning maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun yozilgan “Koʻzmunchogʻim” nomli kitobi - kichkintoylar uchun savol, tavsiya, rangli-bezakli badiiy adabiyot majmuasi hamda adib tomonidan yaratilgan oʻzbek xalq ertaklarining videoroliklari, shuningdek, “Zamira buvining ertaklari” nomli saytining taqdimotlari qilindi. Talabalar uchrashuv davomida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar, fikr-mulohazalar tinglandi. Tadbir soʻnggida faol ishtirok etgan talabalar Zamira Ibrohimovaning soʻnggi kitoblari bilan taqdirlandilar. Muallifning bir qancha kitoblari kutubxona uchun sovgʻa qilindi.