• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
Til
  • English
  • Русский
  • O'zbekcha
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet
    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    KIUT Shop
    Talabalar uyushmasi
    Kafedralar
    Bo'limlar
  • Dasturlar
    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    Muhandislik maktabi
    Biznes va moliya maktabi
    Taʼlim maktabi
    Sanʼat maktabi
    Tibbiyot maktabi
  • Qabul
    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    Qabul Toshkent shahri
    Qabul Namangan shahri
    Qabul Samarqand shahri
    MBA AlmaU
  • Tadqiqot
    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    Doktorantura
    Innovatsion markaz
    Ilmiy jurnallar
    Ilmiy boʻlim
  • Filiallar
    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar

Bakalavr dasturlari

  1. Bosh Sahifa
  2. Dasturlar
  3. Bakalavr dasturlari

Buxgalteriya


Yoʼnalish tavsifi:

Buxgalteriya hisobi – bu moliyaviy operatsiyalarni qayd etish, tasniflash va umumlashtirish jarayoni. U moliyaviy hisobotlarni, jumladan, kompaniyaning moliyaviy holatini aks ettiruvchi balans, daromadlar toʻgʻrisidagi hisobot va pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlashni oʻz ichiga oladi. Buxgalteriya hisobi, shuningdek, qarzdorlik soliqlarini hisoblash va manfaatdor tomonlar, jumladan, investorlar, kreditorlar va davlat idoralari uchun hisobotlarni yaratishni qamrab oladi. Shu sababdan ushbu yoʻnalish oliy oʻquv yurtlarida talab katta boʻlgan yoʻnalishlardan biridir.

Yoʼnalishning maqsadi
Yoʼnalishning asosiy maqsadi - buxgalteriya hisobi, boshqaruv hisobi, davlat moliyasi, korporativ moliya va shaxsiy moliya sohalarida turli kurslarda olingan nazariy va amaliy bilimlarni rivojlantirish va ulardan foydalanish koʼnikmasiga ega boʼlgan mutaxassislarni tayyorlash.
Shuningdek:

  • talabalarga davlat va korporativ buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv va tahlilning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari toʼgʼrisida bilim berish; 
  • talabalarni yuqori malakali hisobchi, iqtisodchi va menejer boʼlib, hozirgi milliy va xalqaro buxgalteriya hisobi va moliyaviy siyosatning asosiy yoʼnalishlari boʼyicha koʼnikma va malakalarni rivojlantirishga tayyorlash;
  • talabalarning analitik va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ular iqtisodiyotdagi dolzarb moliyaviy va boshqaruv masalalariga tegishli yechimlarni topish bilim va koʼnikmalarini rivojlantirish;
  • talabalarni olingan nazariy va amaliy bilim va koʼnikmalarini amaliy faoliyatda qoʼllashga tayyorlash;
  • uzluksiz taʼlim va shaxsiy rivojlanish bilan bogʼliq koʼnikmalarini rivojlantirish;

Taʼlim
Buxgalteriya hisobi oʼquv dasturida buxgalteriya hisobi tamoyillaridan moliyaviy tahlilgacha boʼlgan kurslar mavjud. Talabalar buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro printsiplari va amaliyoti bilan tanishadilar. Dastur davomida talabalar boshqaruv va moliyaviy buxgalteriya hisobini oʼrganadilar. Oʼqish oxirida talabalar korxonalarning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilishlari va ilmiy loyihalar ustida ishlashlari koʼnikmalariga ega boʼladi.

Taʼlimdagi fanlar ulushi:
Matematika asoslari - 15%
Buxgalteriya bilan bogʼliq fanlar - 44%
Iqtisodiy fanlar - 21%
Til va umumiy fanlar - 15%
Аmaliyot va bakalavr dissertatsiyasi - 5%
Ishga joylashish imkoniyatlari
Bitiruvchilar davlat va xususiy sektorlarda buxgalter, menejer, moliyachi, moliyaviy menejer, biznes tahlilchilar, moliya direktori, biznes maslahatchilari, soliq xizmati xodimlari sifatida muvaffaqiyatli ishlashlari mumkin.
Buxgalteriya hisobi bakalavr darajasiga ega boʼlgan mutaxassislar har doim bir nechta sohalarda, shu jumladan davlat idoralari va xususiy tashkilotlarda talabga ega. Buxgalteriya mutaxassislari toʼplangan maʼlumotlarni tahlil qilish va hisobot berish uchun maʼlumotlarni toʼplashadi. Natijalarga koʼra ular byudjetni samarali ravishda taqsimlashlari, kapitalni samarali shakllantirishlari, xarajatlarni minimallashtirishlari va foydani maksimal darajada oshirishlari mumkin. Bundan tashqari, ular eng yuqori rentabellikga ega boʼlgan eng foydali investitsiya imkoniyatlarini belgilaydilar.

Bandlik sohalari:

  • Davlat tashkilotlarining buxgalteriya va moliya boʼlimlari, nazorat idoralari, byudjet tashkilotlari, tijorat tashkilotlari, tijorat banklari, sugʼurta kompaniyalari, konsalting agentliklari, vositachilik va hk.
  • Moliyaviy resurslarini boshqarish uchun yetakchi xalqaro va mahalliy kompaniyalarning vakolatxonalari va dilerlik markazlari;
  • Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Soliq qoʼmitasi, soliq idoralari, hududiy moliya boʼlinmalari va boshqalar
  • Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, turli xil jamoat tashkilotlari va fondlari;
  • Elektron tijorat sohasi.

Click to link to download - include a link to the PDF!

“Buxgalteriya hisobi” yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari matematika va ingliz tili fanlaridan test shaklida o‘tkaziladi. Biroq IELTS sertifikati kamida 5,5 ballga ega bo‘lgan abituriyentlar ingliz tilidan kirish imtihonini topshirishdan ozod qilinadi va bu fan bo‘yicha maksimal ball qo‘yiladi.
Shuningdek, “Buxgalteriya hisobi” fakulteti talabalari universitetga o‘qishga kirgandan so‘ng o‘qish shaklini (ingliz, rus yoki o‘zbek) tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Click to link to download - include a link to the PDF!

Vosiqov Abduvahob Ravshan o’g’li
Vosiqov Abduvahob Ravshan o’g’li

"Moliya", "Bank ishi", "Buxgalteriya" yo'nalishlari rahbari

+998 78 129 40 40 (122)
Xoshimov Jamoliddin Kamoliddin o’g’li
Xoshimov Jamoliddin Kamoliddin o’g’li

Moliya, Bank ishi, Buxgalteriya

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Toshkent
Kimyo
Xalqaro
Universiteti

© 2018 - 2025 KIUT.
Barcha huquqlar himoyalangan

Dars jadvallari Intranet Intranet (Sirtqi taʼlim) Kutubxona E-pochta Talabalar baholari Talabalarning davomati Davomat
100121 Toshkent, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy
+998 78 129 40 40
info@kiut.uz

Bizni kuzatib boring