Arxitektura va shaharsozlik
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Arxitektura va shaharsozlik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi zamonaviy arxitektura, shaharsozlik va dizayn sohalari uchun kreativ fikrlaydigan, innovatsion yondashuvga ega va xalqaro standartlar asosida faoliyat yurita oladigan professional mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. “Arxitektura” yo‘nalishi bo‘yicha ilk qabul 2018-yilda amalga oshirilgan bo‘lib, kunduzgi ta’lim shaklidagi ilk bitiruvchilar 2022-yilda o‘zbek, rus va ingliz ta’lim tillari bo‘yicha muvaffaqiyatli tamomlaganlar. O‘qish muddati — 4 yil (bakalavr).
“Interyer dizayn” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ilk qabul 2024-yilda amalga oshirilgan bo‘lib, ta’lim kunduzgi shaklda o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
Dastur arxitektura, loyiha va dizayn, interyer dizayni hamda shaharsozlik sohalarida yuqori kasbiy madaniyatga ega, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni puxta egallagan mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qiladi.
Talabalar qulay, xavfsiz va estetik jihatdan mukammal fazoviy muhitni yaratish, mavjud obyektlarni rekonstruksiya qilish, moslashtirish, saqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni o‘rganadilar.
“Arxitektura va shaharsozlik” hamda “Interyer dizayn” dasturlari nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham talab yuqori bo‘lgan innovatsion yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Buni abituriyentlar tomonidan yo‘nalishga bo‘lgan yuqori qiziqish va taqdim etilayotgan arizalar sonining ortib borayotgani tasdiqlaydi.
Bitiruvchilarning kasbiy faoliyati arxitektura va shaharsozlik loyihalarini ishlab chiqish, interyer dizayn, loyiha boshqaruvi va mualliflik nazorati bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ta’lim davomida talabalar quyidagi yo‘nalishlarda professional kompetensiyalarga ega bo‘ladilar:
- loyihadan oldingi tahlil;
- arxitekturaviy va dizayn loyihalash;
- turar joy va jamoat muhitini rejalashtirish;
- mualliflik nazorati;
zamonaviy loyiha va muhandislik texnologiyalari bilan ishlash.
Bugungi kunda arxitektura va shaharsozlik sohasi mutaxassislariga nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro mehnat bozorida ham talab yuqori. Dastur sanoat, qurilish, dizayn, ilmiy-tadqiqot va xalqaro tashkilotlar uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.
O‘quv rejasi haqida umumiy ma’lumot
“Arxitektura va shaharsozlik” ta’lim yo‘nalishi zamonaviy shaharlar va binolarni loyihalash, ularning funksional, estetik va muhandislik jihatlarini uyg‘un holda shakllantirishga qaratilgan kompleks ta’lim dasturidir.
Ta’lim jarayonida talabalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
- arxitektura asoslari va nazariyasi;
- arxitektura tarixi va zamonaviy arxitektura rivoji;
- akademik rasm va arxitekturaviy grafika;
- rangshunoslik, eskizlash va professional rangtasvir;
- arxitekturaviy loyihalash va interyer dizayn;
- landshaft dizayni va kompozitsion modellash;
- kompyuter grafikasi va 3D vizualizatsiya;
- qurilish materiallari va arxitekturaviy konstruksiyalar;
- shahar infratuzilmasi va shaharsozlik loyihalari;
- yashil arxitektura va energiya tejamkor texnologiyalar.
Nazariy bilimlar amaliy loyihalar, ijodiy topshiriqlar va real obyektlar asosidagi loyiha ishlari bilan mustahkamlanadi. Talabalar o‘qish davomida zamonaviy loyiha yondashuvlari asosida professional tajriba orttiradilar.
Xalqaro hamkorlik va ta’lim dasturlari
Yo‘nalishda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun turli xalqaro ta’lim dasturlari va akademik almashinuv imkoniyatlari mavjud.
Jumladan:
- 2+2 qo‘shma ta’lim dasturlari;
- exchange dasturlari;
- xorijda o‘qish va amaliyot o‘tash imkoniyatlari;
- xalqaro ilmiy va ijodiy loyihalar.
Mazkur dasturlar talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish, zamonaviy ta’lim tizimlari bilan tanishish va global professional muhitda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini yaratadi.
Hamkor universitetlar:
- Hanyang University
- Gachon University
- Daegu University
- Okinawa Christian University
- Università Europea del Design
- Qingdao University of Technology
- Shandong University
- Sungshin Women's University
Bugungi kunga qadar Koreya Respublikasida tahsil olib qaytgan bitiruvchilar soni — 13 nafar.
Bitiruvchilarning faoliyat sohalari va diplom
“Arxitektura va shaharsozlik” yo‘nalishi bitiruvchilari arxitektura, qurilish va dizayn sohalarining turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritishlari mumkin.
Faoliyat yo‘nalishlari:
- arxitektura va loyiha tashkilotlari;
- shaharsozlik va hududiy rejalashtirish muassasalari;
- qurilish va injiniring kompaniyalari;
- interyer va dizayn studiyalari;
- davlat boshqaruvi organlarining arxitektura va qurilish bo‘limlari;
- ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari.
Bitiruvchilar quyidagi lavozimlarda faoliyat yuritishlari mumkin:
- arxitektor;
- loyiha muallifi;
- shaharsozlik mutaxassisi;
- interyer va landshaft dizayneri;
- loyiha menejeri;
- qurilish va loyiha tashkilotlarida muhandis;
- ilmiy tadqiqotchi yoki o‘qituvchi.
Shuningdek, ular zamonaviy dasturiy vositalardan foydalangan holda mustaqil loyiha faoliyatini yuritish va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Mutaxassislik nomi:
60730100 — Arxitektura va shaharsozlik
Kvalifikatsiya:
Arxitektor
Kirish imtihonlari fanlari: Matematika, chizmachilik, Qalam tasvir
Imtihonlar 2 bosqichda o'tkaziladi.
1-bosqich - ijodiy imtihonlar.
Qalam tasvir (natyurmort)
40x60 yoki 40x50 sm o'lchamdagi planshetga cho'zilgan qog'oz.Oddiy qora qalamlar (H, HB, B), qalam o'tirgich, silgi.
Chizma
Oddiy qora qalamlar (H, HB, B), oʻchirgich, qalam oʻtkirlagich, sirkul va chizgʻichlar toʻplami (normal 30-40 sm, burchak 30-45 gradus, transporter).
Har bir imtihon 3 soat davom etadi.
2-bosqich - matematika fanidan test imtihonlari. Savollar soni 30 ta.
Imtixon davomiyligi 1 soat.
Abituriyentlar 3 ta (qalam tasvir, chizmachilik va matematika) imtihonda ISHTIROK ETISHLARI kerak. Aks holda, imtihon javoblari bekor qilinadi.