• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
    • Yozgi maktab
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy Kengash
    • Maxsus va malakaviy imtihonlar
    • Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
    • Axborot - resurs markazi
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Bakalavr dasturlari

  1. Bosh Sahifa
  2. Dasturlar
  3. Bakalavr dasturlari

Tarjimashunoslik (xitoy, ingliz tili)


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Translation Studies (Chinese and English)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi xitoy, ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasida professional yozma va og‘zaki tarjima qila oladigan, madaniyatlararo muloqotni samarali yo‘lga qo‘ya oladigan hamda zamonaviy tarjimashunoslik yondashuvlarini puxta egallagan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. 
Dastur nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda tarjimonning til, uslub, pragmatika, semantik tahlil va professional kommunikatsiya bo‘yicha kompetensiyalarini bosqichma-bosqich shakllantiradi.
Ta’lim jarayonida talabalar:

  •  yozma va og‘zaki tarjima
  •  sinxron tarjima
  •  biznes va ilmiy matnlar tarjimasi
  •  dubbing va media tarjimasi
  •  tarjima sifati va post-tahrir
  •  terminologiya bilan ishlash
  •  CAT tools va zamonaviy tarjima texnologiyalari
  •  madaniyatlararo kommunikatsiya

bo‘yicha professional tayyorgarlikka ega bo‘ladilar. 
O‘quv rejasi haqida umumiy ma’lumot
Dastur 4 yillik bakalavriat bosqichidan iborat bo‘lib, asosiy o‘quv reja 160 kredit va 240 ECTSni qamrab oladi. O‘quv jarayoni xitoy tili, ingliz tili, tarjima nazariyasi, yozma va og‘zaki tarjima amaliyoti, sinxron tarjima, tadqiqot metodologiyasi va malakaviy amaliyotni o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda tashkil etilgan. 
1-o‘quv yilida talabalar xitoy va ingliz tillari bo‘yicha mustahkam tayanch bilimlarga ega bo‘ladilar. Communicating in Chinese, Chinese Language, English for Translators hamda Introduction to Translation Studies kabi fanlar orqali tarjimaga kirish va madaniyatlararo muloqot asoslari shakllantiriladi.
2-o‘quv yilida tarjimaning nazariy va amaliy jihatlari chuqurlashadi. Practice of Translation, Theory of Translation, Research Methodology hamda Computer-Aided Translation fanlari orqali yozma tarjima va tahliliy yondashuv ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Shu bilan birga, HSK Elementary, HSK Intermediate va dubbing translation modullari ham o‘qitiladi.
3-o‘quv yilida asosiy e’tibor tarjima amaliyoti va og‘zaki tarjimaga qaratiladi. Introduction to Interpreting, Simultaneous Translation, Business Translation va Theory of Simultaneous Translation kabi fanlar orqali talabalar professional tarjima muhitiga tayyorlanadilar.
4-o‘quv yilida esa ilmiy matnlar tarjimasi, business communication, Chinese Writing va professional tarjima faoliyatiga oid fanlar o‘qitiladi. Yakuniy bosqichda Undergraduate Practice hamda Graduation Research yoki Final Cross-Disciplinary Examination topshiriladi. 

Xalqaro hamkorliklar va ta’lim dasturlari
Yo‘nalish xalqaro akademik hamkorlik va talabalar mobilligini faol qo‘llab-quvvatlaydi. KIUT xalqaro dasturlari doirasida double degree, 2+2, 3+1 va akademik almashinuv formatlari yo‘lga qo‘yilgan. 
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha eng muhim xalqaro hamkorlik Huaqiao University (Xitoy) bilan amalga oshirilayotgan 2+2 dasturi hisoblanadi.
2024-yilda Translation Studies (Chinese-English) yo‘nalishining 12 nafar talabasi HSK 4 darajasini muvaffaqiyatli yakunlab, Xitoyda o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ulardan 2 nafari 2 yillik to‘liq stipendiyani qo‘lga kiritdi.
2025-yilda esa:

  •  2 nafar talaba 2+2 dasturida
  •  1 nafar talaba 3+1 dasturida

Huaqiao University’da tahsilni davom ettirmoqda. 
Shuningdek, universitetning xalqaro hamkorlari qatorida:

  •  Riga Technical University
  •  Istanbul Aydın University
  •  Varna University of Management
  •  Suncheon National University
  •  Cheongju University

ham mavjud.
Bitiruvchilarning faoliyat sohalari va diplom
Bitiruvchilar:

  •  yozma va og‘zaki tarjimon
  •  sinxron tarjimon
  •  xalqaro tashkilotlar va diplomatik muassasalarda til mutaxassisi
  •  media va nashriyot sohasida tarjimon-muharrir
  •  marketing va xalqaro kommunikatsiya mutaxassisi
  •  PR va madaniyatlararo kommunikatsiya bo‘yicha mutaxassis
  •  tarjimashunoslik va tilshunoslik yo‘nalishida tadqiqotchi
  •  ta’lim muassasalarida o‘qituvchi-assistent

sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. 
Dastur bitiruvchilarda uch tilda professional ishlash, turli janrdagi matnlarni tahlil qilish, terminologiyani boshqarish, sinxron va yozma tarjima bajarish, tarjima sifati nazorati va post-tahrir bilan ishlash bo‘yicha muhim kompetensiyalarni shakllantiradi.
HSK xalqaro sertifikat tizimining mavjudligi esa bitiruvchilarning global mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini yanada oshiradi.
Yo‘nalishning yutuqlari
Yo‘nalish doirasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat bo‘yicha muhim natijalarga erishilgan. Dastur doirasida:

  •  6 ta Scopus maqola
  •  2 ta xalqaro konferensiya

amalga oshirilgan bo‘lib, bu yo‘nalishning ilmiy salohiyati va akademik faolligini namoyon etadi. 
Yo‘nalishda jami 6 nafar akademik xodim faoliyat yuritadi. Ulardan 4 nafari PhD yoki DSc, 2 nafari esa MA yoki MSc darajasiga ega. 5 nafar professor-o‘qituvchi EMI formatida dars bera oladi.
2026-yil yanvar oyida yo‘nalishning 20 nafar talabasi va 2 nafar professor-o‘qituvchisi “Hainan Winter Camp” xalqaro ta’lim va madaniy dasturida ishtirok etib qaytdilar. Faol ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 
Dasturda communicative-functional method, comparative analysis, discussion-based learning hamda comparative literature approach kabi zamonaviy metodikalar qo‘llanadi. Bu esa tarjimani nafaqat til o‘girish, balki ma’no, uslub va kommunikativ vaziyatga mos professional jarayon sifatida o‘rgatishga xizmat qiladi.
Yo‘nalishning xalqaro yutuqlaridan biri sifatida Huaqiao University bilan 2+2 dasturining faol bosqichga o‘tgani, talabalar uchun Xitoyda o‘qish imkoniyatlari yaratilgani hamda to‘liq stipendiyalar qo‘lga kiritilgani alohida e’tiborga loyiqdir.

Click to link to download - include a link to the PDF!

O'tkirbek Butaev
O'tkirbek Butaev

“Ingliz tili ta'limi” va "Tarjimashunoslik (Xitoy,ingliz tili)" yo‘nalishlari rahbari

+998 78 129 40 40 (160)
Doniyorov Elyor
Doniyorov Elyor

“Ingliz tili ta'limi” va "Tarjimashunoslik (Xitoy,ingliz tili)" yo‘nalishlari rahbari o'rinbosari

+998 78 129 40 40 (160)
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • Shota Rustaveli ko'chasi, 156, 100121 Toshkent
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram