• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
    • Yozgi maktab
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy Kengash
    • Maxsus va malakaviy imtihonlar
    • Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
    • Axborot - resurs markazi
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Bakalavr dasturlari

  1. Bosh Sahifa
  2. Dasturlar
  3. Bakalavr dasturlari

O`zbek tili va adabiyot


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘zbek tilining nazariy asoslari, milliy va jahon adabiyoti, nutq madaniyati hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni puxta egallagan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. 
Dastur talabalarda tilshunoslik, adabiyotshunoslik, pedagogika, ilmiy-tadqiqot, rasmiy yozishma va amaliy tahlil bo‘yicha professional kompetensiyalarni shakllantiradi.
Yo‘nalishning asosiy maqsadi — o‘zbek tili va adabiyotini chuqur biladigan, uni zamonaviy metodikalar asosida o‘qita oladigan, ilmiy va amaliy faoliyatda samarali ishlay oladigan hamda milliy madaniy merosni zamonaviy talqin qila oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir.
O‘quv rejasi haqida umumiy ma’lumot
Dastur 4 yillik bakalavriat bosqichidan iborat bo‘lib, jami 160 kredit va 240 ECTSni qamrab oladi. O‘quv reja tilshunoslik, adabiyotshunoslik, pedagogika, metodika, rasmiy ish yuritish, klassik matnlar tahlili hamda zamonaviy til texnologiyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda tuzilgan. 

1-o‘quv yilida talabalar filologik tayyorgarlikning boshlang‘ich asoslarini egallaydilar. O‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti, jahon adabiyoti, nutq madaniyati, media savodxonlik va tilshunoslik asoslari kabi fanlar o‘qitiladi.
2-o‘quv yilida Navoiyshunoslik, tadqiqot metodologiyasi, ilmiy va ijodiy yozuv, eski o‘zbek tili va yozuvi, rasmiy yozishma hamda dialektologiya fanlari orqali talabalarning nazariy va amaliy bilimlari mustahkamlanadi.
3-o‘quv yilida metodik va amaliy tayyorgarlik kuchayadi. Talabalar o‘zbek tilini va adabiyotini o‘qitish metodikasi, klassik adabiy tahlil, hisoblash lingvistikasi hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘rganadilar.
4-o‘quv yilida esa nazariy tilshunoslik, adabiyot nazariyasi, innovatsion ta’lim texnologiyalari va ta’lim menejmentiga oid fanlar o‘qitiladi hamda bitiruvoldi amaliyoti tashkil etiladi. 
Xalqaro hamkorliklar va ta’lim dasturlari
Yo‘nalish doirasida xalqaro ilmiy hamkorliklar, metodik almashinuv, seminarlar, treninglar va ilmiy muloqotlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Dastur milliy filologiya va til ta’limini zamonaviy xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga yo‘naltirilgan. 

Bitiruvchilarning faoliyat sohalari va diplom
Bitiruvchilar:

  •  umumta’lim maktablari
  •  akademik litseylar
  •  professional ta’lim muassasalari
  •  o‘quv markazlari
  •  ilmiy-tadqiqot institutlari
  •  nashriyot va tahririyatlar
  •  ommaviy axborot vositalari
  •  madaniy-ma’rifiy markazlar

kabi sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin. 
Shuningdek, ular rasmiy ish yuritish, matn tahlili, adabiy tahrir, til siyosati va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yo‘nalishlarida ham muvaffaqiyatli ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yo‘nalishning yutuqlari
Yo‘nalishning muhim ustunliklaridan biri — filologik va pedagogik tayyorgarlikning uyg‘un holda tashkil etilganidir. Dasturda Navoiyshunoslik, eski o‘zbek tili va yozuvi, o‘zbek dialektologiyasi, adabiy tahlil, rasmiy yozishma va hisoblash lingvistikasi kabi fanlarning mavjudligi uning zamonaviy va keng qamrovli ekanini ko‘rsatadi. 
Malakaviy amaliyot va bitiruvoldi amaliyotining o‘quv rejasida alohida o‘rin egallashi esa talabalarni real pedagogik va professional faoliyatga puxta tayyorlashga xizmat qiladi.

 

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • Shota Rustaveli ko'chasi, 156, 100121 Toshkent
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram