Kechki ta'lim
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida mehnat bozorida kadrlarga boʼlgan real ehtiyoj, ish beruvchilarning takliflari hamda abituriyentlarning xohish-istaklarini hisobga olgan holda 2020-2021 oʼquv yilidan boshlab jami 11 ta taʼlim yoʼnalishida kechki taʼlim shaklida oʼquv jarayonlari yoʼlga qoʼyildi:
Hozirgi kunda universitetimizda kechki taʼlim shaklida taʼlim berishning quyidagi yoʼnalishlari mavjud:
Universitetda kechki taʼlim talabalarining bilim olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, oʼquv-metodik adabiyotlar, oʼquv-metodik hujjatlar, tarqatma materiallar bilan taʼminlangan. Oʼquv jarayonlari sifatini oshirish va talabalarning amaliy bilim koʼnikmalarini yanada mustaxkamlash maqsadida belgilangan tartibda joylarda sayyor darslar tashkil etiladi. Universitetda barcha talabalarga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy texnologiyalar va eng soʼnggi adabiyotlar bilan toʼldirilgan kutubxona xizmat koʼrsatadi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti kechki taʼlim shaklida oʼqish muddatining davomiyligi – 4 yil.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti kechki taʼlimda oʼquv mashgʼulotlari kunning ikkinchi yarmida soat 17:00dan 21:00 ga qadar davom etadi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti kechki taʼlim shaklidagi mavjud taʼlum yoʼnalishlari uchun ishlab chiqilgan oʼquv dasturlari universitetning kunduzgi hamda sirtqi taʼlimda shakllari bilan bir xil hisoblanib barcha talabalarga Oʼzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi xujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi
Kirish talablari
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida quyidagi talablarni bajargan holda o’qishni boshlashingiz mumkin bo’ladi.
Avval admission.kiut.uz saytida ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo’ladi.
Qabul uchun zarur hujjatlar:
Chet tilini bilish sertifikati IELTS/TOEFL faqat ingliz tili guruhida tahsil olishingiz uchun kerak bo’ladi.
“Kechki ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari mos ta’lim yo’nalishiga qarab fanlaridan test shaklida o‘tkaziladi.
IELTS sertifikati kamida 5,5 ballga ega bo‘lgan abituriyentlar ingliz tili fanidan kirish imtihonini topshirishdan ozod qilinadi va bu fan bo‘yicha maksimal ball qo‘yiladi.
Shuningdek, “kechki ta’lim” yo‘nalishi talabalari universitetga o‘qishga qabul qilingandan so‘ng ta'lim tilini ( rus yoki o‘zbek) tanlashi mumkin bo‘ladi. Kechki ta’lim yo’nalishlari uchun xorijiy Universitetlarga 2+2 va 1+3 dasturlari ham mavjud.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti kechki ta'lim yo'nalishlari 2020-2021 o'quv yilida tashkil etilgan. Talabalar orasida kechki ta'limda o'qishga bo'lgan qiziqish va ish beruvchilarning xodimlari uchun qulay o'qish vaqti yildan yilga yangi yo'nalishlar hamda talabalar sonini oshib borishida yaqqol aksini topmoqda. Kechki ta'lim yo'nalishlari talabalarini o'z ustida ishlab ilmiy izlanishlar olib borishini rag'batlantirish ishlari muntazam amalga oshirib borilmoqda. Talabalarning o'qishlari va yetuk mutaxassis kadr bo'lib yetishishlari uchun universitetimizda barcha sharoitlar yaratilgan.