Sirtqi ta'lim
Sirtqi taʼlim - ish joyidan ajralmagan holda oliy va oʻrta maxsus maʼlumot olish shakli. Kunduzgi taʼlim shaklidan talaba (oʻquvchi)larning mustaqil oʻqishi bilan farq qiladi. Sirtqi taʼlim muayyan sohadan maʼlumot olish shakli sifatida 19-asrning oxirlarida Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarda joriy etilgan boʻlib, ular dastlab “Extramural” shaklida texnik, harbiy va pedagogik maʼlumot olishga, shuningdek, savod olishga yoʻnaltirilgan. 20-asrning 20-yillarida. larida oliy taʼlim muassasalarida Sirtqi taʼlim kurslari, keyinchalik boʻlimlari va hozirgi kunda amal qilinayotgan shakllari paydo boʻldi.
Oʻzbekistonda Sirtqi taʼlim 1938-yildan tashkil etildi. Shu yili Oʻrta Osiyo universitetida sirtqi boʻlim tuzildi. Hozir Sirtqi taʼlim oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan maxsus markaz, boʻlim va fakultetarda amalga oshiriladi. Unda taʼlimning asosiy qismi (60—70%) talaba (oʻquvchi)larning mustaqil bilim olishiga asoslangan boʻlib, ular 1 yilda 2 marta an’anaviy ta’lim shaklida oʻquv fanlaridan maʼruzalar tinglaydilar hamda semestrlar boʻyicha imtixonlar topshiradilar.
O’quv dasturining maqsadi: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2017 – yil 21 – noyabrdagi 930 – sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limini tashkil etish tartibi to’g’risida”gi nizomiga asosan o’quv dasturi tashkil etilgan. Hozirda sirtqi ta’lim yo’nalishlarida 12 ta ta’lim yo’nalishi mavjud bular:
Natija:
Talabalar 4 yillik oʻquv dasturlarini oʻzlashtirib olganlaridan soʻng naʼmunaviy diplomga ega boʻladi hamda bitiruvchi talabalar davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, xususiy biznes sektorlarida mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin. Shuningdek, milliy va xorijiy OTMlarda magistratura bosqichlarida oʻz oʻqishlarini davom ettirishlari mumkin. Chet el universitetlari kabi kredit moodle tizimida o’qib bakalavr diplomini qo’lga kiritishadi, ushbu diplom chet elda ham o’z kuchiga ega bo’ladi.
“Sirtqi ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari mos ta’lim yo’nalishiga qarab fanlaridan test shaklida o‘tkaziladi.
IELTS sertifikati kamida 5,5 ballga ega bo‘lgan abituriyentlar ingliz tili fanidan kirish imtihonini topshirishdan ozod qilinadi va bu fan bo‘yicha maksimal ball qo‘yiladi.
Shuningdek, “Sirqi ta’lim” yo‘nalishi talabalari universitetga o‘qishga qabul qilingandan so‘ng ta'lim tilini ( rus yoki o‘zbek) tanlashi mumkin bo‘ladi. Sirtqi ta’lim yo’nalishlari uchun xorijiy Universitetlarga 2+2 va 1+3 dasturlari ham mavjud.