Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 2022 yilda tashkil topgan bo‘lib, Tarjimonlik( Xitoy-Ingliz tili )yo‘nalishining asosiy mutaxassislik chiqaruvchi kafedrasi hisoblanadi. Kafedraning ilmiy yo‘nalishi – Tarjima nazariyasining amaliy va nazariy masalalarini tadqiq etish. Kafedrada to‘liq shtat birligida 5 ta professor-o‘qituvchi jumladan 1dafar fan doktori professor(v.b), 1 nafar fan nomzodi dotcent, 3 nafar katta o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Kafedraning asosiy maqsadi, tarjimonlik yo‘nalishida tarjimaning og‘zaki, yozma, sinxron va badiiy turlari bo‘yicha yetuk mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi. Kafedrada Tarjimonlik mutahasisligiga kirish, Tarjimonlar uchun madaniyatlararo muloqot, Tarjima nazariyasi, Tarjima amaliyoti, Badiiy tarjima, Ilmiy-texnikaviy tarjima, Sinxron tarjima kabi fanlar o‘qitiladi. Shuningdek, Xitoy-Ingliz tarjimonlik yo‘nalishi yangi bo‘lganligi sababli, kafedrada Xitoy tilida yozish mahorati, Xitoy tilida tinglash va gapirish ko‘nikmasi kabi fanlar ham o‘qitilmoqda. Kafedrada Tarjimashunoslikka oid xalqaro konferensiyalar o‘tkazib turiladi. Kafedra yaqin kelajakda Malta davlat universiteti bilan talabalar almshinuvi, mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirgan.
Kafedraning ichki raqami: ( - )
“Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri Odilova Gulnoza Komiljonovna – 2011 yil fan nomzodi, 2021 yil fan doktori, professor. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri lavozimda 2022 yildan buyon faoliyat yuritadi. Odilova Gulnoza Komiljonovna – “Amaliy tarjima”, “Tarjimashunoslik”, “Tarjimashunoslik asoslari” hamda "Badiiy tarjima" fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘zbek va ingliz tillarida o‘tadi. Odilova Gulnoza Komiljonovna 100 dan ortiq ilmiy-nazariy maqolalar, 3 ta darslik, 2 ta monografiya va ko‘plab risolalar muallifi hisoblanadi.
Ilmiy qiziqishlari: Adabiyot nazariyasi, o‘zbek adabiyoti, jahon adabiyoti. Ilmiy yo‘nalish: 10.00.07 – “Adabiyot nazariyasi” Biografiya 2025-yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Hozirda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi v.b dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. TOSHDO‘TAU “O‘zbek tili va adabiyot” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr, TOSHDO‘TAU Adabiyotshunoslik bo‘yicha magistrlik darajasi, 10.00.07 – “Adabiyot nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha (PhD) Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori. Bir qancha ilmiy maqolalar muallifi.
“Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xamidova Mohinaxon Alisherovna - 10.00.06 – Qiyosiy tilshunoslik va chog‘ishtirma tarjimashunoslik yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchilik olib bormoqda. 15 yillik ilmiy-pedagogik faoliyatga ega. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasida katta o‘qituvchisi lavozimda 2022-yildan buyon faoliyat yuritadi. Xamidova Mohinaxon Alisherovna – “Amaliy tarjima”, “Tarjimashunoslik”, “Nutq madaniyati” hamda "O‘zbekcha ijodiy yozish" fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘zbek va ingliz tillarida o‘tadi. Xamidova Mohinaxon Alisherovna 30 dan ortiq ilmiy-nazariy maqolalar muallifi hisoblanadi.