• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Xalqaro qabul
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
    • Yozgi maktab
    • Koʻp beriladigan savollar
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy Kengash
    • Maxsus va malakaviy imtihonlar
    • Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
    • Axborot - resurs markazi
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

XIRURGIK STOMATOLOGIYA KAFEDRASI

Zamonaviy stomatologiya ilg‘or texnologiyalar va innovatsion biomateriallarning uzluksiz joriy etilishi tufayli jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Bu esa xirurgik stomatologiya sohasini tubdan o‘zgartirib, stomatologik kasalliklarni erta tashxislash, davolash va profilaktika qilish sifatini sezilarli darajada oshirmoqda.

Shu bilan birga, shifokor-stomatologning mahorati nafaqat mukammal klinik ko‘nikmalar va aniq tashxis qo‘yish qobiliyatidan iborat. Empatiya ham katta ahamiyatga ega: bemorga to‘g‘ri yondashish, unga psixologik ko‘mak ko‘rsatish va o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga undash muhimdir. Shu sababli xirurgik stomatologiyada shifokorning axloqiy fazilatlari uning kasbiy bilimlari kabi yuqori qadrlanadi.

Kafedraning asosiy maqsadi

“Dentistry” ta’lim dasturi talabalariga zamonaviy pedagogik va klinik metodlardan foydalangan holda xirurgik stomatologiyaning fundamental va amaliy asoslarini o‘rgatish. Biz mustaqil ravishda to‘g‘ri klinik qarorlar qabul qila oladigan va yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan yuqori malakali shifokorlarni tayyorlashga intilamiz.

Kafedraning asosiy vazifalari
  • Ilg‘or akademik sifat standartlariga muvofiq ma’ruzalar, seminarlar va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish.

  • Talabalarning klinik amaliyoti va ilmiy-tadqiqot loyihalariga rahbarlik qilish, shuningdek, reyting tizimi asosida ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini xolis baholash.
  • Zamonaviy sillabuslar, darsliklar va uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish hamda ularni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish.
  • Klinik bazalarda eng yangi diagnostika va davolash usullaridan foydalangan holda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish.
  • Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish va ixtisoslashtirilgan olimpiadalarga tayyorlash.
  • Professor-o‘qituvchilar tarkibining uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash: ilmiy ishlarni nashr etish hamda milliy va xalqaro miqyosdagi forumlarda ishtirok etish.
  • Amaliyot bazalarini kengaytirish maqsadida mamlakatning yetakchi tibbiyot markazlari va xorijiy klinikalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash.

 

Beysenbayev Nurbek Kunanbay o‘g‘li
Beysenbayev Nurbek Kunanbay o‘g‘li
Kafedra Mudiri

Ilmiy qiziqishlari: Stomatologiya, bolalar yuz-jag‘ jarrohligi, onkologiya Ilmiy yo‘nalish: Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi, onkologiya va stomatologiya (14.00.21) Biografiya: 2024-yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida faoliyat yuritib kelmoqda, 2025-yildan boshlab esa TMUKning stomatologiya kafedrasida dotsent vazifasini bajarib kelmoqda. Toshkent davlat stomatologiya institutida stomatolog diplomi (2020), bolalar jarrohlik stomatologiyasi bo‘yicha magistr diplomi (2022) va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Toshkent davlat stomatologiya instituti ilmiy kengashi qarori bilan tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (2025) darajasini olgan. Bir qator jamoaviy monografiyalar va ilmiy maqolalar muallifi. 2025-yilda Petr Shotadze nomidagi universitetda (TMA) (Gruziya) va 2026-yilda Taiba universitetida (SA) malaka oshirgan.

Adham Akbarov
Adham Akbarov
Katta o'qituvchi

lmiy qiziqishlari: Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi, jarrohlik stomatologiyasi, yuz-jag‘ sohasining tiklovchi jarrohligi. Ilmiy yo‘nalish: Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi va jarrohlik stomatologiyasi Biografiya: 1993-yilda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutini shifokor-stomatolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan (kunduzgi). 1993–1995-yillarda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti kattalar jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi klinik ordinatori bo‘lgan. 1995–1996-yillarda mazkur kafedrada assistent, 1996–1998-yillarda kattalar jarrohlik stomatologiyasi bo‘limi ordinatori vazifasida faoliyat yuritgan. 1998–2000-yillarda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti bolalar jarrohlik stomatologiyasi bo‘limi mudiri, 2000–2015-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi bolalar yuz-jag‘ jarrohlik stomatologiyasi bo‘limi shifokori, keyinchalik bo‘lim mudiri lavozimlarida ishlagan. 2020-yil 1-oktabrda Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi bolalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi shifokori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 2026-yildan buyon TKXUda katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Rus va ingliz tillarini biladi.

Anarqulov Fayozbek Narzulla o‘g‘li
Anarqulov Fayozbek Narzulla o‘g‘li
Katta o'qituvchi

lmiy qiziqishlari: Bolalar stomatologiyasi. Ilmiy yo‘nalish: Stomatologiya Biografiya: 2018-yilda Toshkent davlat stomatologiya institutini tamomlagan. 2018-2020-yillarda ushbu institutda bolalar stomatologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan. 7-Bolalar stomatologik poliklinikasi (2018), “YUV MEDICAL SERVICE” (2019-2021) va “ART DENTAL STOM” (2021-2022) klinikalarida shifokor-stomatolog bo‘lib ishlagan. 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi tibbiyot bosh boshqarmasining 2-son markaziy konsultativ diagnostik poliklinikasida faoliyat yuritgan.

Shavkat Dusmuxamedov
Shavkat Dusmuxamedov
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi, jarrohlik stomatologiyasi, dental implantologiya. Ilmiy yo‘nalish: Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi Biografiya: 2019-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan (kunduzgi). 2019–2021-yillarda Yonse universitetida tibbiyot fanlari (Yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini o‘tagan. PhD ilmiy darajasiga ega. 2016–2018-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi Anesteziologiya va reanimatologiya bo‘limida tibbiy og‘a sifatida faoliyat yuritgan. 2021–2025-yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Jarrohlik stomatologiya va dental implantologiya kafedrasi assistenti bo‘lib ishlagan. 2026-yildan KIUT xirurgik stomatologiya kafedrasi v.b.dotsenti lavozimida faoliyat yuritmoqda. O‘zbek, rus va ingliz tillarini biladi.

Maxkamov Moxir Ergashevich
Maxkamov Moxir Ergashevich
Professor

lmiy qiziqishlari: Yuz-jag‘ jarrohligi, travmatologiya, tug'ma lab va tanglay yoriqlari, implantologiya. Ilmiy yo‘nalish: Yuz-jag‘ jarrohligi va stomatologiya (14.00.21) Biografiya: Toshkent davlat stomatologiya instituti Yuz-jag‘ kasalliklari va travmatologiyasi kafedrasi professori (2023 yildan). 1988 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakultetini tamomlagan. Birinchi Toshkent tibbiyot institutida jarrohlik stomatologiyasi bo‘yicha internatura (1989), aspirantura (1995) va doktoranturani (2000) o‘tagan. Tibbiyot fanlari doktori. Qoraqalpog'iston tibbiyot institutining davolash ishlari bo‘yicha prorektori (2020-2021) va Moskvaning nufuzli klinikalarida (2009-2017) ishlagan boy rahbarlik va akademik tajribaga ega. 2021-yilda "Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni va "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan taqdirlangan. Ko'plab ilmiy nashrlar muallifi..

MAXMUDBEKOV BOBURMURZO ODILJON O‘G‘LI
MAXMUDBEKOV BOBURMURZO ODILJON O‘G‘LI
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Jarrohlik stomatologiyasi, dental implantologiya, klinik stomatologiya Ilmiy yo‘nalish: Stomatologiya (14.00.21) Biografiya 2024-yil 16-fevraldan KIUTda assistent sifatida faoliyat yuritmoqda. 2024-yil 1-martdan Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti klinikasining Kattalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida tashqi o‘rindosh sifatida navbatchi shifokor bo‘lib ishlamoqda. 2015-yilda Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti Buxoro filialida bakalavriatni, 2018-yilda “Yuz-jag‘ jarrohligi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2022-yilda Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasida tayanch doktoranturaga qabul qilingan. 2015-yildan buyon turli shifoxona va klinikalarda shifokor va ilmiy xodim sifatida ishlagan.

PULATOV ASHRAF ILHOMOVICH
PULATOV ASHRAF ILHOMOVICH
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Jarrohlik stomatologiyasi, dental implantologiya, klinik stomatologiya Ilmiy yo‘nalish: Stomatologiya (14.00.21) Biografiya 2022-yil 14-maydan Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritmoqda. 2019-yilda Buxoro Davlat Tibbiyot Institutini stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 2019–2021-yillarda Toshkent Davlat Stomatologiya Institutida Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘yicha klinik ordinaturada tahsil olgan. Shu davrda klinika shifokori va kafedra xonamudiri bo‘lib ishlagan. 2020-yildan institut klinikasida bolalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘yicha navbatchi shifokor sifatida faoliyat olib bormoqda.

Shavkat Karshiyev
Shavkat Karshiyev
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Yuz-jag' jarrohligi, ortopedik stomatologiya, implantologiya. Ilmiy yo‘nalish: Stomatologiya, yuz-jag' jarrohligi. Biografiya: 2024-yildan boshlab Alfraganus University stomatologiya kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlamoqda. 1995-yilda 1-Toshkent tibbiyot institutini tamomlagan. 2023-yilda Samarqand davlat tibbiyot universitetida tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2001–2019-yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yuz-jag' jarrohi bo'lib ishlagan. 2006-yildan "Doctor Shavkat-Stom" klinikasida bosh shifokor lavozimida faoliyat yuritadi. Rus va ingliz tillarini biladi.

Alisher Raxmatov
Alisher Raxmatov
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Jarrohlik stomatologiyasi, terapevtik stomatologiya, gistologiya va tibbiy biologiya. Ilmiy yo‘nalish: Jarrohlik stomatologiyasi. Biografiya: 2019-yilda Toshkent davlat stomatologiya institutida stomatologiya bo'yicha bakalavr, 2021-yilda esa jarrohlik stomatologiyasi bo'yicha magistr darajasini olgan. 2022–2024 yillarda Toshkent davlat stomatologiya institutining gistologiya va tibbiy biologiya laboratoriyasi mudiri lavozimida ishlagan. 2024-2025 yillarda Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tibbiy-biologik fanlar va terapevtik stomatologiyadan dars bergan. 2022-yildan buyon "IREN MAX SERVIS" klinikasida shifokor-jarroh bo'lib ishlamoqda. Shuningdek, "MY DENTAL NURBEK" klinikasida bosh shifokor va "SAPFIR STOM"da umumiy amaliyot shifokori bo'lib ishlagan. Jarrohlik stomatologiyasi bo'yicha ikkinchi malaka toifasiga ega.

Safarova Mavludabonu Jamolovna
Safarova Mavludabonu Jamolovna
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Stomatologiya. Ilmiy yo‘nalish: Stomatologiya Biografiya: Toshkent davlat stomatologiya institutini tamomlagan. 2015-yilda Buxoro shahar Bolalar stomatologiya poliklinikasida vrach statist bo'lib ishlagan. So'ngra Buxoro viloyat 1-son stomatologiya poliklinikasida (2015-2016), Buxoro shahar 4-son oilaviy poliklinikasida (2016-2017) va Buxoro shahar 1-son oilaviy poliklinikasida (2019-2020) shifokor-stomatolog bo'lib faoliyat yuritgan. 2020-2022-yillarda Buxoro davlat tibbiyot instituti magistratura talabasi bo‘lgan. 2023-yildan buyon KIUTda ishlaydi.

Shokirov Shoxrux Tolibekovich
Shokirov Shoxrux Tolibekovich
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi, jarrohlik stomatologiyasi, implantologiya. Ilmiy yo‘nalish: Yuz-jag‘ jarrohligi va stomatologiya (14.00.21) Biografiya: Toshkent davlat stomatologiya instituti, Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi dotsenti. 1997 yilda Birinchi Toshkent tibbiyot institutini tamomlagan. 1999 yilda jarrohlik stomatologiyasi bo‘yicha klinik ordinaturani, 2003 yilda ToshtIda aspiranturani va 2011 yilda TTAda doktoranturani tugatgan, tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega. 2008 yilda Germaniyada yuz-jag‘ jarrohligi ixtisosligi bo‘yicha maxsus kursni o‘tagan. 2014-2017 yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti bolalar stomatologiyasi fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2017-yildan hozirgi vaqtga qadar “Sadaf-stomatologiya” klinikasida jarroh-stomatolog-implantolog bo‘lib faoliyat yuritmoqda.

Oybek Soxibov
Oybek Soxibov
Dotsent

lmiy qiziqishlari: Bolalar yuz-jag' jarrohligi, jarrohlik stomatologiyasi, dental implantologiya. Ilmiy yo‘nalish: Jarrohlik stomatologiyasi. Biografiya: 2018-yilda Toshkent davlat stomatologiya institutida stomatologiya bo'yicha bakalavr darajasini olgan. 2018-2020-yillarda ushbu institutning bolalar yuz-jag' jarrohligi kafedrasida klinik ordinaturani o'tagan. 2024-yilda tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Stomatologiya fakulteti dekan o'rinbosari (2020-2021) lavozimida ishlagan hamda jarrohlik stomatologiyasi va dental implantologiya (2020-2021) va yuz-jag' jarrohligi kafedralarida (2024-2026) assistent bo'lib faoliyat yuritgan. 2026-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida o’qituvchi bo’lib faoliyat yuritib kelmoqda. Rus va ingliz tillarini biladi.

Fayzullo Tulanbayev
Fayzullo Tulanbayev
O'qituvchi

lmiy qiziqishlari: Bolalar jarrohlik stomatologiyasi, bolalar yuz-jag' jarrohligi. Ilmiy yo‘nalish: Jarrohlik stomatologiyasi. Biografiya: 2025-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi assistenti lavozimida ishlamoqda. 2025-yilda Toshkent davlat stomatologiya institutida bolalar jarrohlik stomatologiyasi bo'yicha magistr, 2023-yilda esa stomatologiya bo'yicha bakalavr darajasini olgan. 2024-yildan buyon Chirchiq shahar bolalar tish davolash poliklinikasida bolalar yuz-jag' jarrohi bo'lib ishlamoqda. Rus va ingliz tillarini biladi.

Anvar Xalmuxamedov
Anvar Xalmuxamedov
Dotsent

lmiy qiziqishlari: Jarrohlik stomatologiyasi, yuz-jag' jarrohligi, implantologiya. Ilmiy yo‘nalish: Jarrohlik stomatologiyasi. Biografiya: Oliy ma'lumotni Toshkent davlat tibbiyot institutida (ToshDavMI) olgan va 1984-yilda stomatologiya fakultetini tamomlagan. Tibbiyot fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega. U jarrohlik stomatologiyasi kafedrasida katta laborant va assistent (1984-1988, 1993-1996) bo'lib ishlagan, shuningdek, ushbu kafedrada aspiranturani o'tagan (1990-1993). 1996-1998-yillarda "RUADENT" xususiy korxonasida shifokor-stomatolog bo'lib ishlagan. 1998-yildan hozirgi vaqtgacha "ALVA-DENT" xususiy korxonasida shifokor-implantolog bo'lib ishlamoqda. Rus tilini biladi.

Click to link to download - include a link to the PDF!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • Shota Rustaveli ko'chasi, 156, 100121 Toshkent
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram