None

AQShning Top-50 ta va dunyoning Top-500 universitetlari qatoriga kiruvchi Missuri universiteti bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi


AQShning Top-50 ta va dunyoning Top-500 universitetlari qatoriga kiruvchi Missuri universiteti bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. 

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tomonidan iqtisodiyot fanlari doktori, prof. Vahobov Abdurahim Vosiqovich boshchiligidagi delegatsiya AQShga rasmiy tashrif bilan yuborilgan.

Joriy yilning 1-dekabr kunidan 5-dekabr kunigacha delegatsiya aʼzolari Missuri universiteti rahbariyati taklifiga binoan mazkur universitetda boʻlishdi. 

Tashrif doirasida universitetda amalga oshirilayotgan loyihalar va hamkorlik koʻlami muhokama qilindi. Xususan, qoʻshma dasturlar bilan bir qatorda, magistratura dasturlarini yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi. Missuri universitetining professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda maʼruzalar tashkil qilish rejalari ishlab chiqildi.

Samimiy uchrashuv davomida Xalqaro hamkorlik va talabalar amaliyoti boʻyicha direktor Paulina Brouder oʻzaro manfaatli iqtisodiy sohalarni koʻrib chiqish va tegishli ishchi kuchini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashini aytib oʻtdi. 

Taʼkidlash joizki, hozirda “Turizm” yoʻnalishining 4-kurs talabasi Xumoyun Sayfullayev AQSh elchixonasining xalqaro talabalar mobilligi dasturi gʻolibi boʻlib, Missuri universitetda oʻqishini davom ettirmoqda. 

Delegatsiya aʼzolarining AQShga uyushtirgan safari davom etmoqda.