• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
Today the university hosted “Muhandis-D” exhibition

Bugun “Muhandis-D” loyihasining koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi


Anʼanaviy tarzda tashkil qilinib kelinayotgan ushbu koʻrgazmada talabalar yil davomida ishlagan loyihalari bilan birga, oʻz qobiliyatlari va ijodkorliklarini namoyish etishdi. Eʼtiborli jihati, talabalar yangi texnologiyalar, mashinalar va tizimlarni loyihalashda ekologik muammolar va jamiyatning ogʻriqli masalalariga yechim berishga intilishgan. Masalan, “LED BIKE VEST” qurilmasining asosiy maqsadi - velosipedda ketayotgan inson ortidan  harakatlanayotgan obyektga ozining harakatini oldindan maʼlum qilish va shu orqali yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashdan iborat. Yana bir “Wire insulation machine” nomli loyiha maqsadi - ushbu qurilma yordamida ijtimoiy hayotimizda yoki sanoatda turli xil ochiq simlarni izolyatsiya qilish jarayonini toʻliq avtomatlashtirib, insonlar yumushini yengillashtirish.  “Peltin Turbina” nomli loyiha esa togʻ va togʻoldi hududlarda yashovchi aholini moʻtadil elektr energiya bilan taʼminlash uchun qulay boʻlgan mikro GES hisoblanadi. Suv miqdori kam boʻlgan, ammo baland togʻ yonbagʻridan oqib keladigan daryo va chashmalar uchun aynan Peltin turbinasi juda mos keladi. Bu turdagi turbinalarni foydali ish koeffitsienti 85% gacha yetadi va qurilma kattaligiga qarab chiqaradigan elektr quvvati 2kW dan 2MW gacha yetadi. Bu texnologiya dunyoga maʼlum boʻlganligi uchun umumiy tannarxi qolgan energiya manbalariga nisbatan arzonroq hisoblanadi. Ushbu qurilma ilmiy maqsadda qilingan boʻlib, talabalarga dars davomida turbinalarning ishlash mexanizmini yoritib berish uchun yasalgan. “Piano hand” loyihasi koʻngilochar loyiha boʻlib, uning maqsadi - datchik va sensorlardan toʻgʻri foydalanish hisoblanadi. Loyiha faqat pianino chalish bilan cheklanib qolmaydi, bu uning asosida sunʼiy protezlarni ham harakatlantirishi mumkin. Loyihalar orasida liderlikni qoʻlga kiritgan “Automatic car parking system” shaharda tirbandlikni oldini olish, avtomobillar uchun xavfsiz hudud, avtomatik boshqaruv, kichik hududda koʻproq mashina joylashtirish kabi qator va yechimlarni taklif qilgan. 
Koʻrgazma yakunida, hakamlar loyihalarni innovatsiyalar, texnik mukammallik, amaliylik va jamiyatga taʼsiri kabi bir qancha mezonlarga koʻra baholadilar. Shuningdek, 1,2,3 oʻrin sohiblariga Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tomonidan sertifikat va pul mukofotlari ajratildi.


  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram