Kimyo xalqaro universitetida Yaponiya elchisi ishtirokida yapon tili kafedrasi ochildi
Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurgan Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kenji Hirata yapon tili kafedrasining ochilish marosimida ishtirok etdi. Yapon tili kafedrasini ochilish marosimi bilan birga Junior Chamber International (JCI), Future Dialogue Junior Chamber vakillari, KEIO universiteti va KIUT talabalari ishtirokida munozara bo'lib o'tdi. Ayni kunlarda Yaponiyaning KEIO universiteti talabalari Student Mobility dasturi doirasida Kimyo xalqaro universitetida mehmon bo‘lib turibdi. Ular madaniy almashinuv tadbirlari hamda xalqaro ta’lim masalalariga bag‘ishlangan debatlarda qatnashmoqda. KEIO universiteti QS World University Rankings 2027 reytingida dunyoda 213-o‘rinni egallagan. Uchrashuvlarda JCI — dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida yosh yetakchilarni birlashtiruvchi xalqaro tashkilot. U yoshlarning yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish va jamiyatga foydali tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. Debatlarda ta’lim sifatini oshirishda yoshlarning fikr va takliflarini eshitish, ta’limga oid qarorlarda ularning qarashlarini hisobga olish masalalari muhokama qilindi. Yoshlarning jamiyatdagi masalalarga ko‘proq e’tibor qaratishi, ijtimoiy hayotga befarq bo‘lmasligi haqida ham so‘z bordi. Elchi bilan uchrashuvda Yaponiya bilan hamkorlikda universitet ta’lim tizimini rivojlantirish va kadrlar tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi. Yangi ochilgan kafedrada talabalar yapon tilini xorijlik o'qituvchilardan o‘rganish imkoniyatiga ega bo'ladi. Yapon tilini puxta egallagan talabalarni xorijiy kompaniyalarga qisqa muddatli amaliyotga yuborish va ishga joylashish masalalari bilan universitetning Yaponiyadagi hamkor kompaniyalari AJIBIZ va Oukaway shug'ullanishi ko'zda tutilgan. Yapon tili yo'nalishiga qabul davom etmoqda.