KIUT — QS Top-100 sari: yetakchi universitetlar bilan strategik hamkorlik!
KIUT delegatsiyasi Yonsei Universityda
KIUT delegatsiyasi dunyoning yetakchi universitetlaridan biri — Yonsei Universityga tashrif buyurdi. Universitet QS World University Rankings 2027 reytingida 42-o‘rinni, QS Asia 2026 reytingida esa Osiyoda 11-o‘rinni va Janubiy Koreyada 1-o‘rinni egallaydi.
Tashrif davomida Lee Sang Woo — rais o‘rinbosari, Yongho Kim — prorektor, Sun Jae Jung — prorektor o‘rinbosari, Kileun Oh — xalqaro aloqalar bo‘limi direktori, shuningdek Yonsei Universityning boshqa hurmatli vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muzokaralarda ikki universitet o‘rtasida uzoq muddatli strategik hamkorlikni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqot va xalqaro loyihalar, shuningdek qo‘shma seminar va konferensiyalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
KIUT uchun alohida ahamiyatga ega yo‘nalishlardan biri — Yonsei Universityning xalqaro reytinglardagi o‘sish tajribasi, ilmiy salohiyatni oshirish va universitetni global miqyosda rivojlantirish modeli bilan yaqindan tanishish bo‘ldi.
KIUTning maqsadi — dunyoning yetakchi universitetlari tajribasini o‘rganib, xalqaro hamkorlik, ta’lim va ilm-fan orqali QS reytinglaridagi o‘z pozitsiyasini izchil mustahkamlash.