None

Qatardan Dubayga yoʻl olgan talabamiz


Avval xabar berganimizdek, Qatarda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning yetakchi universitetlaridan 175 nafar talaba AKT boʻyicha sakkiz kunlik intensiv oʻquv dasturida ishtirok etdi, unda global mavzular boʻyicha muhokamalar, fan va texnologiya yetakchiligi boʻyicha maʼruzalar va Tech4Good loyihalari ishlab chiqildi.

 “Axborot tizimlari muhandisligi” yoʻnalishi talabasi Oleg Pak, Uzbek Techno Mind talabalar jamoasi bilan birgalikda oʻz loyihalarini muvaffaqiyatli namoyish qilib, ikkinchi bosqichga yoʻllanma oldi. Qatar, BAA, Iordaniya, Moʻgʻuliston, Qozogʻiston, Ozarbayjondan kelgan talabalar 10-16 sentabr kunlari BAAning Dubay shahrida Tech4Good qoʻshimcha akseleratsiya dasturida qatnashadilar. Bosh tashkilotchi - Huawei kompaniyasinig yozishicha, yopilish marosimida loyihani yanada samarali tayyorlash va himoya qilish uchun jamoada ijobiy va qulay muhit yaratishga yordam bergan har bir jamoaning eng mashhur aʼzolari ham etirof etildi. Ular Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabasi Oleg Park va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi Asad Qayumov boʻldi. Dubayda boʻlib oʻtadigan mintaqaviy Tech4Good tanlovining ikkinchi bosqichidan soʻng gʻoliblar Xitoyda boʻlib oʻtadigan yakuniy musobaqada dunyoning boshqa mamlakatlaridan kelgan jamoalarga qarshi kurashish huquqini qoʻlga kiritadilar. Talabalar barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun AKTning ulkan salohiyatini birgalikda oʻrganadilar. Tech4Good global tanlovi gʻoliblari Xitoyda boʻlib oʻtadigan Tech4Good Startap Sprint musobaqasiga taklif qilinadi, ular Shenchjen, Pekin va boshqa shaharlarga tashrif buyurib, haqiqiy tadbirkorlik muhiti bilan tanishadilar va 100 000 dollarlik startap fondi uchun kurashadilar.

Universitet jamoasi va Olegning ustozlari katta umidlar bilan tanlov natijasini kuzatib bormoqdalar. Talabamiz jamoasiga ulkan zafarlar tilab qolamiz!