• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
None

Talabalar liboslar toʻplami namoyishi


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Liboslar dizayni” ta’lim yoʻnalishi tomonidan 2024 yil 1 mart kuni 2 va 3 bosqich talabalarining an’anaviy hisobot moda namoyishi tashkil etildi.
Ushbu moda namoyishi (defile) maxsus modifikatsiyadan oʻtgan avtomobillar poygasiga ramziy qiyoslash ma’nosida “Fashion Rally” nomi ostida o’tkazildi. Avtomobil poygalari mavzusi gavjum shahar, mashinalar shovqini va vaqtning oʻtishi obrazida qoʻllanilgan. Taniqli Honda kompaniyasining “Avval inson, keyin mashina” shioriga qiyosan moda va libos dizaynida – “Avval inson, keyin libos” qabilida qoʻllash mumkin. Talabalarning ushbu modalar namoyishi aynan ijodiy yondashuv, fantaziya parvozi, uzluksiz mehnat bilan boyitilsa, kreativ fikrlovchi, oʻz ishining yetuk mutaxassislarini shakllantirish mumkinligi falsafasiga asoslangan.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Liboslar dizayni” yoʻnalishida ta’lim jarayoni odatiy formatdagi uslub va liboslardan farqli obrazlar yaratishga qaratilgan. Yoʻnalish talabalari ta’lim olish davrida kerakli koʻnikmalarni, shuningdek, jahon modasining tendentsiyalari borasida oʻz ijodiy fikrlarini erkin ifoda eta oladilar. Ta’lim yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar va tahsil olayotgan talabalarning bosh gʻoyasi – oʻz individualligi va ijodiy imkoniyatlarini erkin ifoda etishdir. “Fashion Rally” – moda namoyishi 2023-2024 oʻquv yili davomida talabalar ustozlari hamkorligi va koʻrsatmalari ostida yaratgan ijodiy gʻoyalarining navbatdagi hisobotidir.
“Fashion Rally” modalar namoyishining postanovkachi-rejissyori qator taniqli va nufuzli moda namoyishlari muallifi – Alisher Giyazov, shuningdek Paxlavon Turdiev (The Black Quail), Lola Sayfi (Human House), Saida Amir (Saida Amir), Zulfiya Sulton (Zulfiya Sulton) kabi taniqli dizaynerlar defile mehmonlari va hakamlar hay’ati a’zolari sifatida taklif etilgan.

“Fashion Rally” defilesi yosh iste’dodli dizaynerlarning modaga individual qarashlari bilan turli uslub va tendentsiyadagi kiyim modellari, toʻplamlari bir platformada namoyish etilishi orqali oʻzaro muloqot qilish uchun yagona maydonga aylanishi nazarda tutilgan. Defile soʻngida hakamlar hay’ati tomonidan eng yuqori ballarni toʻplagan 3 nafar talaba esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Dizaynerlar, kafedramiz ustozlari va talabalarini mazkur soha ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shish, rivojlantirish, ruhlantirish va yuqori marralarni egallash missiyasi birlashtirib turadi. Bunga erishish uchun tinimsiz o‘qish, izlanish, o‘z kasbiga nisbatan ongli yondashuv muhimdir.


3

3. Sog'lik va Farovonlik
4

4. Sifatli ta'lim
5

5. Gender tezligi
8

8. Musnosib ish o'rinlar va iqdisodiy o'sish
17

17. Barqaror rivojlanish yo'lida hamkorlik
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram