The Namangan branch of the Kimyo International University in Tashkent hosted the “KIUT Olympiad” for graduates of the Ferghana valley schools

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filialida vodiy maktablari bitiruvchi yoshlari uchun “KIUT olimpiadasi” boʻlib oʻtdi


Joriy yilning 28 may kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali tomonidan Namangan shahar hokimligi hamda Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda 3 ta yoʻnalish (ijtimoiy, iqtisodiyot va texnika) boʻyicha olimpiada tashkil  etildi. Oʻtkazilgan mazkur olimpiada 2000 ga yaqin maktab bitiruvchilarini qamrab oldi. Olimpiada ochilishida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali rahbari Muhammad Elyor Yuldashev va Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining boʻlim boshligʻi Doniyor Tursunovlar ishtirok etishdi.  Muassasa rahbari yoshlarning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladi. Olimpiada yuqori saviyada va koʻtarinki ruhda tashkil etildi hamda yoshlar xotirasida bir umrga esdalik boʻlib qoladigan boʻldi.  Ushbu ilmiy musobaqa yoshlarga oliy oʻquv yurtiga kirish uchun juda katta tajriba maktabini oʻtab berdi. Eslatib oʻtamiz, olimpiada yakunida har bir fan yoʻnalishidagi gʻoliblar mazkur universitetga grant kvotalari asosida oqishga kirish imkoniyati, noutbuk, telefon hamda televizorlar bilan taqdirlanadi.📞 Bogʻlanish uchun:  + 998 (69) 210 40 40.