Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori prof.
Akmal Allakuliyev boshchiligidagi delegatsiya Fransiyaning nufuzli muhandislik oliy maktablaridan biri — ESTP Paris ga rasmiy tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi (MoU) imzolandi.
Kelishuvga ko‘ra:
▪️ Arxitektura, Qurilish va Mashinasozlik yo‘nalishlarida hamkorlik dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
▪️ Talabalar uchun Fransiyada bir semestr bepul tahsil olish imkoniyati yaratiladi
▪️ Magistratura va PhD bosqichlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib boriladi
▪️ Professor-o‘qituvchilar almashinuvi tashkil etiladi
▪️ Xalqaro grant va ilmiy loyihalarda hamkorlik qilinadi
Mazkur hamkorlik muhandislik ta’limini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish va talabalar uchun yangi xalqaro imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.