An international seminar for judges of the Karate-do Federation was held at the Kimyo International University in Tashkent.

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Karate-do Federatsiyasining hakamlari uchun xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.


Unda Osiyo Karate-do federatsiyasi prezidenti Ibrohim Al-Bakr, Xalqaro ITKF Karate-do Federatsiyasi bosh hakami Brad Uebb, Yevropa ITKF Karate-do Federatsiyasi prezidenti Sandrin El Marhomi, Xalqaro ITKF Karate-do Federatsiyasi yordamchi hakami Jon Prays ishtirok etdi. Mazkur seminarlarda oʻzbekistonlik 79 nafar murabbiy va hakam oʻz malakasini oshirdi. Shuningdek, seminar doirasida universitet va Institute of Martial Arts and Science (Middle East and Africa) oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.