Toshkent Kimyo xalqaro universitetida talabalar va xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovining Demo Day bosqichi yakunlandi
Tanlovga hardware va prototiplar, IT-yechimlar, yangi xizmatlar hamda universitet faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan innovatsion loyihalar qabul qilindi. Saralashdan o‘tgan 18 ta startap jamoasi o‘z loyihalarini hakamlar hay’ati oldida taqdim etib, savollarga javob berdi.
Loyihalar innovatsionlik, texnik tayyorgarlik, jamoa salohiyati, moliyaviy reja, marketing strategiyasi va amaliy ahamiyati bo‘yicha baholandi.
Taqdim etilgan loyihalar orasida Kimyoxon AI asistent, EDUCoin, Virtual klinika, M-Review, KIUT hamroh va QurOson kabi ishlanmalar bor.
Eng yaxshi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million so‘mgacha mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Hozirda hakamlar hay’ati yakuniy natijalarni hisoblamoqda. G‘oliblar va moliyalashtiriladigan startaplar tez orada e’lon qilinadi.