None

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining xorijlik ustozlaridan biri Anne-Charlotte Marcombe “Regional rivojlanish: tendensiyalar, xavflar va strategiyalar” mavzusidagi xalqaro anjumanda taqdimot qildi


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining xorijlik ustozlaridan biri Anne-Charlotte Marcombe “Regional rivojlanish: tendensiyalar, xavflar va strategiyalar” mavzusidagi xalqaro anjumanda taqdimot qildi. Bu anjuman Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti tomonidan tashkil etildi. Marcombening taqdimoti, Fransiya va Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi hamda yoz mavsumida suv tanqisligi muammolarining ortishiga yechimlar izlashga qaratilgan edi. Ushbu muhim mavzuda olib borilgan tadqiqot ikki mamlakatdagi suv resurslarini boshqarishda yangi yondashuvlarni taklif etadi, bu esa kelajakda suv tanqisligi muammosiga duch kelgan boshqa hududlar uchun ham foydali boʻlishi mumkin.