None

Xitoyning Zhejiang University of Science and Technology universiteti


Joriy yilning 23 aprel kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga Xitoyning Zhejiang University of Science and Technology universitetidan Wei Jianhua, Xalqaro taʼlim maktabi rahbari oʻrinbosari hamda Yao Han Ilenina, Xalqaro taʼlim maktabi qabul komissiyasi rahbari oʻrinbosari tashrif buyurdilar.

Tashrifdan maqsad — Toshkent Kimyo xalqaro universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikni oʻrnatish, qoʻshma dastur va loyihalar yaratish, shuningdek, talabalar va oʻqituvchilar almashinuv dasturlarini rivojlantirishdir.