Chiroy estetikasi
Yo‘nalish tavsifi: 61011100 – “Chiroy estetikasi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi zamonaviy kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan bo‘lib, o‘quv dasturining normativ muddati 4 yilni (8 semestrni) tashkil etadi. Mazkur taʼlim yo‘nalishi kosmetologiya fanining invaziv bo‘lmagan usullarga asoslangan bo‘limiga ixtisoslashgan bo‘lib, ushbu sohada tahsil olgan mutaxassislar inson tashqi ko‘rinishini estetik jihatdan yaxshilashga yo‘naltirilgan xizmat turlarini amalga oshirish bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘ladilar. Chiroy estetikasi sohasida faoliyat yurituvchi bakalavr darajasiga ega mutaxassislar sog‘liqni saqlash tizimi xodimi yoki shifokor maqomiga ega bo‘lmagan bo‘lsalar-da, o‘z kasbiy vakolatlari doirasida mijoz salomatligiga bevosita aloqador bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatishda masʼuliyatni o‘z zimmalariga oladilar. Mazkur soha tibbiyot sohasi tarkibiga kirmaydi, biroq xizmatlar ko‘rsatish sohasi sifatida bevosita sog‘lom turmush tarzini saqlash va estetik go‘zallikni ta’minlashga xizmat qiladi. Taʼlim dasturi doirasida talabalar estetik kosmetologiya, apparatli va qo‘l bilan bajariladigan muolajalar, terini parvarish qilish texnologiyalari, kosmetik vositalarni qo‘llash, sanitariya-gigiyena me’yorlari, mijoz bilan muloqot madaniyati hamda xizmatlar sifati nazorati kabi yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Yo‘nalish maqsadi: Chiroy Estetika dasturining (BSc. Beauty Aesthetics) asosiy maqsadi, ularni jahon shu jumladan milliy bozorda eng tez rivojlanayotgan segmentga nazariy va amaliy bilimga ega yuqori malakali diplomli mutaxassislarni tayyorlash.
Taʼlim yoʻnalishi: 61011100 – Chiroy estetikasi.
Kvalifikasiyasi: Chiroy estetikasi mutaxassisi (Xizmat koʻrsatish sohasi)
Yoʻnalish oʻquv rejasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Tibbiy taʼlimni rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida quyidagi talablarni bajargan holda o’qishni boshlashingiz mumkin bo’ladi.
Avval admission.kiut.uz saytida ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo’ladi.
Qabul uchun zarur hujjatlar:
- Pasport nusxasi (rangli)
- Litsey/kollej/litseydan diplom/ma’lumotnoma nusxasi (rangli)
- Oxirgi 3 oy ichida olingan elektron fotosurat - 3,5 sm × 4,5 sm
- Yuqorida sanab o‘tilgan barcha zarur hujjatlar elektron (skanerlangan) ko‘rinishda admission.kiut.uz saytiga yuklanishi kerak (har bir hujjat JPEG yoki PNG formatida hajmi 2 MB dan, oshmasligi kerak).
Chet tilini bilish sertifikati IELTS/TOEFL faqat ingliz tili guruhida tahsil olishingiz uchun kerak bo’ladi.
Talabalar quyidagi tillardan birini tanlashlari mumkin:
• Ingliz
• Rus
• O‘zbek