• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Rektorning kutib olish nutqi

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Rektorning kutib olish nutqi

Assalomu alaykum!

Avvalambor, barchangizni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti nomidan qutlashga ijozat bersangiz.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda oliy taʼlim tizimida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5847-sonli farmoni buning yaqqol dalilidir. 
Davlatimiz rahbari tomonidan oliy taʼlim tizimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish asosida oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini 50 foizdan oshirish, sogʻlom raqobat muhitini yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda nodavlat oliy taʼlim xizmatlari sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi o‘laroq respublikamizda bir qator nodavlat oliy taʼlim muassasalari, jumladan, universitetimiz – Toshkent Kimyo xalqaro universiteti toʻliq faoliyat koʻrsatmoqda. 
Universitet dastlabki toʻrt yil davomida “Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti” brendi ostida faoliyat yuritdi. Qisqa vaqt ichida taʼlim yoʻnalishlari soni 28 taga yetdi, institut ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi xalqaro sertifikatiga ega boʻldi, shuningdek, 9 ta taʼlim dasturi boʻyicha xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazildi.
Hozirda hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari tarmogʻi kengaydi. Ilk yillarda Janubiy Koreya Respublikasining Yeodju texnika instituti asosiy hamkorimiz bo‘ldi. Ayni damda turli mamlakatlardagi hamkor universitetlar soni 50 dan ortdi. Jumladan, Xanyang, Gachon, Xankyong kabi universitetlar bilan yaqin taʼlim aloqalariga ega boʻldik deb ta’kidlay olamiz. Shuningdek, bu qatorga Chosun, Chonju, Daegu (Koreya Respublikasi), Ruzvelt universiteti (AQSh), Peskara Yevropa dizayn universiteti (Italiya), NILE va Starklayd universitetlari (Buyuk Britaniya), Riga texnika universiteti, Turiba universiteti va Boltiq xalqaro akademiyasi (Latviya Respublikasi), Berlin texnika Universiteti va Xalqaro amaliy fanlar universiteti (Germaniya), Yildiz texnika universiteti va Istanbul Aydin universiteti (Turkiya) kabi boshqa koʻplab universitetlar ham kiradi.
Hamkor universitetlar va xalqaro akkreditatsiya komissiya ekspertlarining bir qator takliflarini inobatga olib, institut maqomini xalqaro universitet darajasiga koʻtarish maqsadida rebrending oʻtkazishga qaror qilindi. 
2022-yil oktabr oyidan e’tiboran oliy taʼlim muassasamiz “Toshkent Kimyo xalqaro universiteti” nomini oldi.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti taʼlim, fan va texnika sohalaridagi soʻnggi yutuqlarni hisobga olgan holda rivojlangan davlatlar, jumladan, Koreya va Yevropa mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan kredit-modul tizimiga asoslangan taʼlim dasturlarini amalga oshirishda davom etmoqda.

Universitetda nazariy bilimlarni chuqur tayyorlash bilan birga talabalarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish, iqtisodiyotning real tarmoqlari bilan akademik va amaliy aloqalarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, universitetda “2+2”, “3+1”, “2+1+1” va “2+2+1” almashinuv taʼlim dasturlarini taqdim etish orqali zamonaviy bilimlarni olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, hamkor universitetlar bilan  akademik mobillik dasturlari ham mavjud. Bundan tashqari, universitet infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yaxshilash, va oʻquv jarayoniga xalqaro yetakchi olimlar, oʻqituvchilar va amaliyotchilarni jalb etish ishlari davom ettirilmoqda.

Hurmatli doʻstlar, mehmonlar va qadrli talabalar,
Yana bir bor, Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetiga xush kelibsiz!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставелли, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram