Ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) da boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida universitet rektorining 2019 yil 14-yanvardagi 2-sonli buyrug‘iga binoan “Tabiiy fanlar” kafedrasi tashkil etildi, hamda o‘sha yilning 12-avgustidagi 74-sonli buyrug’iga asosan “Aniq fanlar” kafedrasi sifatida qayta nomlandi.
Kafedraga tashkil qilingandan boshlab fizika-matematika fanlari nomzodi Sagidullayev Khalmurza Saparbayevich rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada 1 nafar akademik, 6 nafar fan doktori (DSc), professor, 19 nafar fan nomzodi (PhD), dotsent, 15 nafar katta o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda.
Kafedrada “Matematika”, “Elementar matematika kursi”, “Iqtisodchilar uchun matematika”, “Mathematik analiz”, “Chiziqli algebra va geometriya”, “Diskret matematika”, “Analiz”, “Geometriya”, “Amaliy matematika”, “Ehtimollar nazariyasi va statistik usullar”, “Statistika asoslari” va “Ekonometrika” fanlari 3 tilda (ingliz, rus va o‘zbek) olib borilmoqda.
Talabalar ushbu fanlardan: elementar matematika, matematikaning o’qitish metodikasi, chiziqli algebra, vektorlar algebrasi, diskret matematika, tekislik va fazodagi analitik geometriya, matematik analizning asoslari, ikki va uch karra integrallar, fizik masalalarda matematik analizning tadbiqi, iqtisodda matematikaning qo’llanilishi, iqtisodiyot va texnikada diffefrensial tenglamalarning tadbiqi, tasodifiy hodisalar, tasodifiy miqdorlar, taqsimot funksiyalari, katta sonlar qonuni, markaziy limit teorema, ko`p o`lchovli tasodifiy miqdorlar va ularning sonli xarakteristikalari, matematik statistikaning asoslari, baholash usullari (momentlar usuli, haqiqatga maksimal o`xshashlik usuli, interval baholash usuli), gipotezalarni tekshirish, noparametrik baholash usullari, moslik kriteriylari, dispersion analiz (ANOVA), korrelyatsion va regression analiz, vaqtli qatorlari, prognozlashtirish usullari, statistik usullarni R. Stata va boshqa dasturiy ta’minotlarda tatbiq etish kabilarni o‘rganishadi.
Kafedraning ichki raqami: ( )
Fizika – matematika fanlari nomzodi (To‘la va senzurlangan kuzatuvlarning taqsimotlari statistik yadroviy baholar funksional xarakteristikalariining asimptotik xossalari, O‘zMU, 30.12.2010y.), 18 ta maqola, 26 ta tezis, Moskva davlat universiteti Toshkent filialida “Bog‘liq to‘liq bo‘lmagan ko‘p o‘lchovli tanlanmalar uchun tadbiqiy statistika masalalari” mavzusidagi O‘zbekiston-Hindiston xalqaro qo‘shma granti, katta ilmiy xodim
F.-m.f.n. (Banax fazosida qiymat qabul qiluvchi bogʼliq tasodifiy elementlardan hosil boʼlgan tasodifiy adashmalar uchun baʼzi chegaraviy masalalar , OʼzRFА Matematika instituti. 04.10.1989 yil), 100 dan ortiq maqola va tezislar, Yakka mualiflikda 1 ta darslik va 1 ta oʼquv qoʼllanma
Fizika – matematika fanlari nomzodi. 01 № 010540, “Краевые задачи для уравнения параболо-гиперболического типа с двумя внутренними линиями и различными порядками вырождения”, 24.04.2008. V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti, 15 ta maqola, 35 ta tezis, 2 ta fundamental grant