• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • Talabalarning davomati
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
Til
  • English
  • Русский
  • O'zbekcha
KIUT
  • Universitet
    • arrow_right Biz haqimizda
    • arrow_right Rektorning kutib olish nutqi
    • arrow_right Missiyamiz
    • arrow_right Bizning jamoamiz
    • arrow_right Ichki fayllar
    • arrow_right Ichki qoidalar
    • arrow_right Vazirlar Mahkamasining qarori
    KIUT Shop
    Talabalar uyushmasi
    Kafedralar
    Bo'limlar
  • Dasturlar
    • arrow_right Bakalavr dasturlari
    • arrow_right Magistratura dasturlari
    • arrow_right Kechki ta'lim
    • arrow_right Sirtqi ta'lim
    • arrow_right Oʻqishni koʻchirish
    • arrow_right Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • arrow_right Bepul onlayn kurslar
    Muhandislik maktabi
    Biznes va moliya maktabi
    Taʼlim maktabi
    Sanʼat maktabi
    Tibbiyot maktabi
  • Qabul
    • arrow_right Magistratura
    • arrow_right Xalqaro talabalar
    • arrow_right Koreyada taʼlim
    • arrow_right Koʻp beriladigan savollar
    Qabul Toshkent shahri
    Qabul Namangan shahri
    Qabul Samarqand shahri
    MBA AlmaU
  • Tadqiqot
    • arrow_right Ilmiy kengash
    • arrow_right Axborot - resurs markazi
    • arrow_right Malakaviy imtihon
    Doktorantura
    Innovatsion markaz
    Ilmiy jurnallar
    Ilmiy boʻlim
  • Filiallar
    • arrow_right Namangan
    • arrow_right Samarqand
  • Yangiliklar

Innovatsion markaz

  1. Bosh Sahifa
  2. Tadqiqot
  3. Innovatsion markaz

Innovatsiya Markazi

Maqsadlar:

Innovatsion izlanishlar orqali zamonaviy o’qitish va texnik ishlanmalarni tadbiq etish bilan munosib kadrlar bilan ta’minlashida ko’mak yaratish.

Talabalar va yoshlar malakasini oshirish imkoniyatlarini taqdim etadigan innovatsion dasturlar, labaratoriyalar va tashabbuslarni qullab quvvatlash orqali o’qitishda mukammallik va innovatsiyalarni shakllantirish.

Yoshlarning shu jumladan Universitet talabalarining texnik ishlanmalarini yaratishida loyihani yaratish yo’l xaritasi, loyiha samaradorligini oshirish bosqichlari bo’yicha maslahat va ko’rsatmalar berish markazi.


Muhandislar jamoasi

Polvonov Elmurod
«Innovatsion Markaz» boshlig'i
e.polvonov@kuit.uz
Isakjanov Rustamjon
Qurilish laboratoriyasi mudiri
r.isaqjanov@kuit.uz
Bozorov Ulug'bek
Muqobil energiya laboratoriyasi mudiri
u.bozorov@kuit.uz
Mukaramov Ma’rufjon
Aqlli texnologiyalar laboratoriyasi mudiri
13.11_mms_1@kuit.uz
Hamroyev Behzod
Muhandis
b.hamrayev@kuit.uz
Radjabov Muhsin
Muhandis-konstruktor
m.radjabov@kuit.uz
Po’latov Husan
Muhandis-dizayner
x.pulatov@kuit.uz
Atadjanov Olloshukur
Laborant
o.atadjanov@kiut.uz
Tursunboyev Shahboz
Laborant
sh.tursunboyev@kuit.uz
Fatullayev Suxrob
Laborant
s.fatullayev@kuit.uz
Rahmonqulov Yahyo
Laborant
y.rahmonqulov@kuit.uz
Amanov Shaxzod
Laborant
sh.amanov@kuit.uz
G’ofurov Bunyod
Laborant
b.gofurov@kiut.uz
Jo’rayev Abdumavlon
Laborant
a.jurayev@kuit.uz
To’lanov Mohirjon
Laborant
m.tolanov@kiut.uz
Salimov Nodirbek
Laborant
n.salimov@kiut.uz
Erlan Javgarov
Muhandis konstruktor

 

Qurilish laboratoriyasi

Me'moriy maketlash labaratoriyasi zamonaviy jixozlar xamda arxitekturaviy modellarni shakllantirishga doir 3D printerlar, talabalarga uchun yaratilgan keng ishchi stollar, kompozitsion namunaviy maketlar bilan o'ralgan devorlar ijodiy jarayon faoliyatini oshirishga katta hissasini qo'shishda yordam beradi.

Dastlab talabalar ijodiy ishlarini eskiz loyihadan, ya'ni g'oyaning dastlabki qismini qo'lda yaratishadi, so'ngra loyihaning asosiy qismlarini zamonaviy jihozlarimiz hamda maxsus printerlarimiz yordamida yakunlashadi. Asosan fomeks, akril, faner hamda HDF va penoplast materiallari hozirda judayam ko'p ishlatiladigan maxsulotlat xisoblanadi. Labaratoriyamiz keng va qulayligi tufayli turli xildagi xajmlar kompleksini zamonaviy materiallardan yasash mumkin.

Talabalar qilingan namunaviy ishlari labaratoriyamizda saqlanishi jarayon sifatini oshirishda yordam beradi.

G'oya yakunida loyihani ranglar bilan bezash labaratoriyadagi yakuniy ishlardan biri hisoblanadi.



Elektrotexnika laboratoriyasi

Ushbu laboratoriyada “Electric basic practice” , “Basic of electronics” , “Electrical wiring practice“ fanlari professor o’qituvchilar tomonidan o’qitiladi. Bu laboratoriyada yuqori aniqlikdagi chastotalar generatori, osselograf, yuqori aniqlikdagi laborator multimetrlar va ko’p kuchlanishli maxsus imkoniyatlarga ega laborator elektronika stendi mavjud. Bundan tashqari talabalarda “PCB” (sxematik plata) larni loyihalashtirish va yaratish imkoniyati mavjud. Laboratoriyada elektron komponentlar hamda payvandlash uchun zarur bo’lgan barcha qurilma va materiallar mavjud. Bu laboratoriyada talabalar elektronika va elektr sohasida amaliy ishlarini olib boradilar.

Ossillograf - ikki yoki bir necha kattaliklar (parametrlar va funksiyalar; elektr kattaliklar) orasidagi bogʻliqlikni kuzatishga imkon beradigan, kattaliklarning vaqt boʻyicha oʻzgarish egri chiziqlarini oʻz-oʻzidan yozib oladigan asbob. Turli texnika masalalarini hal qilishda ishlatiladi.

Funktsiya generatori – bu qurilma turli matematik funktsiyalarni diagrammasini yaratish xususiyatiga ega. Multimetr – asosiy elektro fizik kattaliklarni raqamli o’lchovchi qurilma. Quvvatlantirish manbai – bu qurilma o’zgaruvchan quvvat manbaidan o’zgarmas quvvat manbaini ta’minlab beradi. Texnik xususiyatlari:30VDC 5A. Elektrotexnika laboratoriyasida talabalar o’qituvchi yordamida o’quv stendlaridan foydalanib, olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llagan holda mustahkamlaydi. Talabalar dars mashg’ulotlaridan tashqari laboratoriyadagi o’quv stendlaridan laborant nazorati ostida foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi.



Mexatronika Laboratoriyasi

Mexatronika laboratoriyasi mexatronika sohasiga oid nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash uchun tashkillashtirilgan. Mexatronika laboratoriyasi 2 qismdan iborat. Birinchisi nazariy bilimlar berilishi uchun o’qituvchi va talabalarga kerakli jihozlar va sharoit bilan ta’minlanagan. Ikkinchisi mexatronika sohasiga oid o’quv stendlari bilan ta’minlagan. Laboratoriya 6 ta o’quv stendlari bilan jihozlangan. Ular quyidagilar:

1. Pnevmatika o’quv stendi.

Pnevmatika o’quv stendi pnevmatika oid turli xil o’quv jihozlari bilan jihozlangan. Talabalar bu stend jihozlari yordamida havo bosimini mexanik tarzda nazorat qilgan holatda turli xil amaliyotlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

2. Elektro-Pnevmatika o’quv stendi.

Elektro-Pnevmatika o’quv stendi elektr modullar , kontroller va pnevmatik jihozlar bilan jihozlangan. Talabalar bu stend jihozlari yordamida havo bosimini elektr jihozlari va kontroller yordamida nazorat qilgan holatda turli xil amaliyotlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

3. Sensorika o’quv stendi.

Sensorika o’quv stendi turli xil sensorlar, kontroller va elektr modullar bilan jihozlangan. Talabalar bu stend yordamida sensorlarni ishlatish, ulardan ma’lumot olish va turli xil amaliyotlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

4. Stepper Motor o’quv stendi.

Stepper Motor o’quv stendi stepper motor, kontroller va eletkr modullar bilan jihozlangan. Talabalar bu stend yordamida stepper motor harakatani kontroller yordamida nazorat qilishni va stepper motorga oid turli xil amaliyotlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

5. Servo Motor o’quv stendi.

Servo Motor o’quv stendi servo motor, kontroller va elektr modular bilan jihozlangan. Talabalar bu stend yordamida servo motor harakatani kontroller yordamida nazorat qilishni va servo motorga oid turli xil amaliyotlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

6. Gidravlika o’quv stendi.

Gidravlika o’quv stendi gidravlikaga oid turli xil o’quv jihozlari va elektr modular bilan jihozlangan. Talabalar bu stend jihozlari yordamida suyuqlik bosimini mexanik tarzda va elektr modullari yordamida nazorat qilgan holatda turli xil amaliyotlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Mexatronika laboratoriyasida talabalar o’qituvchi yordamida o’quv stendlaridan foydalanib, olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llagan holda mustahkamlaydi. Talabalar dars mashg’ulotlaridan tashqari laboratoriyadagi o’quv stendlaridan laborant nazorati ostida foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi.

 


Muqobil Energiya laboratoriyasi

Muqobil energiya labaratoriyasi zamonaviy jihozlar hamda “Muqobil energetika” sohasida fundamental bo’lgan hisoblash anjomlari, shamol turbinalari, Quyosh panellari hamda jarayonlarni avtomatlashtirishda qo’llaniluvchi PLC qurilmalari bilan jihozlangan. “Muqobil energiya” labaratoriyasi talabarga energiya olishning muqobil usullarini amaliy darslar yordamida o’rganish imkonini beradi.

Quyosh panellarni tekshirish stendi: Bu qurilma orqali laboratoriya sharoitida quyosh panellarini sun’iy quyosh yordamida tekshirish, ular haqida texnik ma’lumotlar olish hamda talabalar yorug’lik oqimini, yorug’likni tushish burchagini o’zgartirish orqali quyosh panellaridan olinadigan ma’lumotlarni tekshirish imkonini beradi.

Shamol turbina stendi: bu stend 2 qismga: Vertikal va Gorizontal shamol turbinasiga bo’linadi.

Ushbu stend orqali talabalar shamolning kinetic energiyasini elektr energiyaga o’tqazishni usullarini va shamol turbinalari aerodinamikasini o’rganishadi.

Elektrotexnika stendi: Bu stend 8 ta nushada yasalgan bo’lib yuqori aniqlikda energiya qiymatini hamda sarfini aniqlovchi qurilmalar hamda talabaga o’quv jarayonini optimallashtirish maqsadida kompyuter bilan jihozlangan. Talaba bu stendlar yordamida PLC moduliga dastur yozishi va uni tekshirib ko’rishi mumkin hamda quyosh paneli va shamol turbinasidan olingan

Muqobil energiya laboratoriyasida talabalar o’qituvchi yordamida o’quv stendlaridan foydalanib, olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llagan holda mustahkamlaydi. Talabalar dars mashg’ulotlaridan tashqari laboratoriyadagi o’quv stendlaridan laborant nazorati ostida foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi.



Qurilish laboratoriyasi

Universitetda qurilish materiallari bo‘yicha laboratoriya mavjud bo‘lib, unda talabalar qurilish materiallarining quyidagi asosiy xossalarini o‘rganishadi:
  • O‘rtacha va xaqiqiy zichlik;
  • Materiallarning suv shimuvchanligi;
  • Materiallarning siqilishga, egilishga va cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligi;
  • Materiallarning maydalanganlik darajasi;
  • Sement va gips xamirining normal quyuqligi va ularning qotish muddatlari;
  • Materiallar g‘ovakligi;
  • Materiallarning namlik darajasi;
  • Qum va shag‘alning zarraviy tarkibi va boshqalar;

Qurilish materiallari laboratoriyasida talabalar o’qituvchi yordamida o’quv stendlaridan foydalanib, olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llagan holda mustahkamlaydi. Talabalar dars mashg’ulotlaridan tashqari laboratoriyadagi o’quv stendlaridan laborant nazorati ostida foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi.



Robotatexnika laboratoriyasi

Ushbu laboratoriyada talabalar “Digital Logic Circuit”, “Arduino”, “Logics and Algorithms” kabi fanlardan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llaydi. Laboratoriyada asosan “Arduino” boshqaruvidagi turli xil modular va shu bilan birgalikda boshlang’ich bilimlarni beruvchi sensorlar to’plami mavjud. Shu bilan birgalikda laboratoriyada robototexnika anjomlari va “Raspberry pi” turdagi mini kompyuterlar mavjud. Ushbu laboratoriya Universitetning B blok Lab 102 xonasida joylashgan .

Robotatexnika laboratoriyasida talabalar o’qituvchi yordamida o’quv stendlaridan foydalanib, olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llagan holda mustahkamlaydi. Talabalar dars mashg’ulotlaridan tashqari laboratoriyadagi o’quv stendlaridan laborant nazorati ostida foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi.


Tugallangan Loyihalar

- Lift stendi

Ushbu stend asosan Lift sohasida ta’lim oluvchi talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib ular nazariy bilimlarini shu o’quv stendi orqali amaliyotda qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladi. Lift o’quv stendi 2 ta nushada yasalgan bo’lib har biri 5 qavatdan iborat. Ushbu o’quv stendi kabina va eshikni harakatga keltirish uchun alohida stepper motorlar, kabinani muvozanatini saqlash uchun yuk, harakat boshqaruvini nazorat qilish uchun sensorlar va bularni boshqarib turuvchi tizim (PLC)dan tashkil topgan. Stend temperaturasi +50C va +350C havoning nisbiy namligi 30% va 70% oraligʻida boʻlgan yopiq xonada ishlatishga moʻljallangan. Talabalar bu stend orqali sensorlar bilan ishlash, stepper motorlarni boshqarish va shuningdek PLC nomli boshqaruv tizimiga dastur yozishni o’rganadi. Lift o’quv stendida talabalar o’qituvchi yordamida foydalanib, olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llagan holda mustahkamlaydi. Talabalar dars mashg’ulotlaridan tashqari ushbu o’quv stendidan laborant nazorati ostida foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi.

 

 


 

- Vertikal shamol turbinasi

Vertikal o’qli shamol generatori “Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti” ning B- binosiga o’rnatilgan shamol generatori bo’lib, bu generator an’anaviy shamol generatorlaridan farqi shamol yo’nalishi o’zgarishlarida xech qanday salbiy effekt kuzatilmaydi. Ushbu generator universitet tashqi elektr istemolini qisqartirish maqsadida o’rnatilgan. Shamol generatori o’zining optimal ish rejimiga shamol tezligi 4-6 m/s ga yetganda chiqadi. Bu qurilmaning maksimal quvvati 500 Watt ga teng. Ushbu shamol generatorinig ajralib turuvchi xususiyati shundaki bu inshoat quvvati qo’shimcha shamol turbinalari qo’shilishi orqali oshirish mumkun va qurilma konstruksiyasi bunga imkon beradi.

Muhandis D

- Muhandis D

Muhandis D loyihasi- Jamiyat taraqqiyotida IT bilan integratsiyalashgan yo‘nalishlar ko‘pincha bugungi kunning dolzarb mutaxassisligi sifatida ta’riflanadi va shu bilan birga, ishlab chiqarish sohasida xorijdan keltirilgan zamonaviy uskunalarda ishlashga qodir yosh mutaxassislar doimo yirik ishlab chiqaruvchilarda qiziqish uyg‘otadi. Innovatsiyalar markazidagi “Muhandis D” loyihasi yuqorida qayd etilgan xodimlarning inkubatsiya manzili hisoblanadi. Mazkur startapdan ko‘zlangan asosiy maqsad institutda zamonaviy talablar va ta’minlanganlik asosida muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash orqali yuqoridagi muammoni hal etishdan iborat. Muhandis D shkalasida Toshkent Kimyo xalqaro universitetida barcha texnik fanlariga qiziqan va test asosida tanlab olingan talaba CAD/CAM, Mexatronika sohalarini ketma-ket o‘rganadi va shu mavzuda texnik ishlanmalar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Loyihaga yig’in yilda bir marotaba amalga oshiriladi.

 

Davom etayotgan loyihalar

- Industry 4.0

Industry 4.0 kompaniyalarning mahsulotlarini ishlab chiqarish, takomillashtirish va tarqatish usullarini o'zgartirmoqda. Ishlab chiqaruvchilar yangi texnologiyalarni, jumladan, bulutli hisoblash va analitika, shuningdek, sun'iy intellekt va mashinalarni o'rganishni o'zlarining ishlab chiqarish korxonalariga va barcha operatsiyalariga integratsiya qilmoqdalar.

Ushbu aqlli zavodlar ilg'or sensorlar, o'rnatilgan dasturiy ta'minot va robototexnika bilan jihozlangan bo'lib, ular yaxshiroq qarorlar qabul qilish uchun ma'lumotlarni to'playdi va tahlil qiladi. Ishlab chiqarish operatsiyalari ma'lumotlari ta'minot zanjiri, mijozlarga xizmat ko'rsatish va boshqa korporativ tizimlarning operatsion ma'lumotlari bilan birlashtirilganda, ilgari bir-biridan farq qiladigan ma'lumotlarning ko'rinishi va tushunishning butunlay yangi darajalarini yaratish uchun yanada katta qiymat yaratiladi.

Ushbu raqamli texnologiyalar yuqori darajadagi avtomatlashtirish, bashoratli texnik xizmat ko'rsatish, o'z-o'zidan optimallashtirilgan jarayonni takomillashtirish va birinchi navbatda, ilgari erishib bo'lmaydigan samaradorlik va mijozlarga javob berishning yangi darajalariga olib keladi.

Aqlli zavodlarning yaratilishi ishlab chiqarish sanoati uchun to'rtinchi sanoat inqilobiga kirish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Zavoddagi datchiklardan to'plangan katta hajmdagi katta ma'lumotlarni tahlil qilish ishlab chiqarish aktivlarini real vaqt rejimida ko'rish imkonini beradi va uskunaning uzilish vaqtini minimallashtirish uchun prognozli texnik xizmat ko'rsatish vositalarini taqdim etishi mumkin.

Industry 4.0 kontseptsiyalari va texnologiyalari barcha turdagi sanoat kompaniyalarida, jumladan, diskret va uzluksiz ishlab chiqarishda, shuningdek, neft va gaz, tog'-kon sanoati va boshqa sohalarda qo'llanilishi mumkin.



- Metallga ishlov berish

 

Germaniyadagi Innovatsiyalar haftaligi 2022dan suratlar

DAEGO GLOBAL ROBOT BIZNES FORUMI 2022

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon kelajak energiyasi sammitidan surat

Innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida InnoWeek.uz – 2021 xalqaro robototexnika tanlovi

IRC 2021 gʻoliblari

O'zbekistonda Hyundai Elevator bilan hamkorlik

“Enter Engineering” kompaniyalar guruhi va Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

“TECHNOPARK” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ilg‘or va istiqbolli majmuasi va Kimyo Toshkent xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

  • Daegu Global Robot Business Forum
  • “Enter Engineering” kompaniyalar guruhi va Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi
  • Студенты "Lift qurilishi" yo'nalishlari O'zbekistondagi Hyundai Elevator kompaniyasida amaliyot o'tashi mumkin.
  • Inno texnopark bilan hamkorlik
  • Muhandis D startap loyihasi taqdimoti.
  • InnoWeek.uz - 2021
Toshkent
Kimyo
Xalqaro
Universiteti

KIUT © 2018 - 2023

Dars jadvallari Intranet Intranet (Sirtqi taʼlim) Kutubxona E-pochta Talabalar baholari Talabalarning davomati Davomat
home
100121 Toshkent, Usmon Nosir ko‘chasi, 156-uy
call
+998 78 129 40 40
email
info@kiut.uz

Bizni kuzatib boring
Designed by AG. Created by GB