• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
Til
  • English
  • Русский
  • O'zbekcha
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet
    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    KIUT Shop
    Talabalar uyushmasi
    Kafedralar
    Bo'limlar
  • Dasturlar
    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    Muhandislik maktabi
    Biznes va moliya maktabi
    Taʼlim maktabi
    Sanʼat maktabi
    Tibbiyot maktabi
  • Qabul
    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    Qabul Toshkent shahri
    Qabul Namangan shahri
    Qabul Samarqand shahri
    MBA AlmaU
  • Tadqiqot
    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    Doktorantura
    Innovatsion markaz
    Ilmiy jurnallar
    Ilmiy boʻlim
  • Filiallar
    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

“Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasi

“Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasi universitetning iqtisodiyot sohasida mutaxassislar tayyorlovchi asosiy oʻquv-ilmiy boʻlinmasi boʻlib, 2021 yil avgust oyida tashkil etilgan. 

Kafedraning bosh maqsadi — “Bank ishi”, “Buxgalteriya hisobi va audit” va iqtisodiyotning boshqa ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori intellekt, zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega bakalavr va magistrlarni tayyorlashdan iboratdir.

Kafedraning asosiy vazifalari:

  • ta’lim standartlariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;
  • zamon talablariga mos sifatli nazariy va amaliy bilim berish;
  • oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-pedagogik ishlarni yuqori saviyada tashkil etish va amalga oshirish;
  • kafedra yoʻnalishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni samarali olib borish.  

Kafedradagi fanlar iqtisodiy ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejasiga muvofiq fanlar oʻzbek, rus va ingliz tilida olib boriladigan guruhlarda oʻqitiladi.   
    Darslar fanlar boʻyicha tasdiqlangan ishchi dastur (Sillabus) va dars jadvali asosida olib boriladi. Kafedra oʻqituvchilari tomonidan tayyorlagan oʻquv materiallari Mudl tizimiga joylashtiriladi. 
    Hozirgi kunda kafedrada 22 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqda, ularning 8 nafari asosiy shtatda ishlamoqda. 
    Kafedra joylashuvi: A-bino, A-215-xona.

Dodiev Fozil Oʻtkurovich
Dodiev Fozil Oʻtkurovich
Kafedra Mudiri

2021-yildan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining mudiri. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/04.2021.I.133.01 raqamli Ilmiy Kengash va mazkur kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi. Shuningdek, Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Financial and Economic Sustainability” elektron jurnali tahririyatining a’zosi. Ilmiy faoliyatining sohasi – bank ishi, islom moliyasi, mikromoliyalashtirish, pul-kredit siyosati. Dodiyev Fozil Oʻtkurovich tomonidan 100 ortiq ilmiy-uslubiy ishlar e’lon qilingan. Xorijiy va mahalliy ilmiy loyihalarda ishtirok etgan.

Jumanazarov Sardorbek Abdullayevich
Jumanazarov Sardorbek Abdullayevich
Dotsent

2022 yil oktabrdan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. Hammualliflikda 3 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma va 3 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni chop etgan. Uning rahbarligida ikki nafar talaba Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari, ulardan D.Xayrullayev Respublika fan olimpiadasida “Buxgalteriya hisobi va audit” fan yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrin sohibi boʻlgan.

Zunnunova Xulkar Muxtorovna
Zunnunova Xulkar Muxtorovna
Dotsent

2022 yil oktabr oyidan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining v.b. dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. Hammualliflikda 1 ta darslik chop etilgan.

Djambakiyeva Gulnora Sayfutdinovna
Djambakiyeva Gulnora Sayfutdinovna
Dotsent

2022 yil sentyabr oyidan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining v.b. dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. 2 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma va 3 ta oʻquv qoʻllanma muallifi, 3 ta darslik hammuallifi.

Muxammedova Dilfuza Anvarovna
Muxammedova Dilfuza Anvarovna
Katta o'qituvchi

2021 yil sentyabr oyidan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. Hammualliflikda 2 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma va 3 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni chop etgan.

Xakimov Sanjar Rustam o‘g‘li
Xakimov Sanjar Rustam o‘g‘li
Katta o'qituvchi

2022 yil sentyabr oyidan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan.

G’ofurov Javohir Jaxongir o‘g‘li
G’ofurov Javohir Jaxongir o‘g‘li
Katta o'qituvchi

2022-yil sentyabr oyidan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan.

Akromov Shohrux Shuhrat o‘g‘li
Akromov Shohrux Shuhrat o‘g‘li
Katta o'qituvchi

2022 yil sentyabrdan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining katta oʻqituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan.

Davlatova Sitorabonu Uyg‘un qizi
Davlatova Sitorabonu Uyg‘un qizi
O'qituvchi

2022 yil sentyabr oyidan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan.

Bobobekov Farxod Rustamovich
Bobobekov Farxod Rustamovich
Dotsent

2023 yil yanvar oyidan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining v.b. dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan.

Ishonqulov Nizamjon Fayzullayevich
Ishonqulov Nizamjon Fayzullayevich
Dotsent

2023 yil fevraldan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyatining sohasi –– Buxgalteriya hisobi va Iqtisodiy tahlil. Ilmiy faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. Hammualliflikda 3 ta darslik, 2 ta oʻquv qoʻllanma va 7 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni chop etgan. Uning rahbarligida bir nafar talaba (B.Sanaqulova) Prezident stipendiyasi sovrindori, ikki nafar talaba (U.Pardayev va S.Axmedov) Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari boʻlgan. Shuningdek, uning ilmiy rahbarligida 2 nafar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) tayyorlangan va himoya qilingan.

Rizayev Nurbek Qadirovich
Rizayev Nurbek Qadirovich
Professor

2024-yil iyundan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining professori lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyatining ixtisosligi: 08.00.08- “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” Ilmiy faoliyati davomida 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan (xorijiy jurnallarda 10 ta, jumladan xalqaro “Scopus” bazasida 4 ta). Hammualliflikda 4 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni chop etgan. Intellektual mulk obyektlari hisobi va tahlili bo‘yicha olib borgan 4 ta ishlanmalari uchun Intellektual mulk agentligining DGU mualliflik guvoxnomasiga ega. Uning ilmiy rahbarligida 2 nafar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va 1 nafar iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) tayyorlangan va himoya qilingan. prof. N.Rizayev quyidagi Ilmiy kengashlar va uning qoshidagi ilmiy seminarlarning a’zosi hisoblanadi: Xalqaro Nordik universiteti xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamliIlmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar; Toshkent dalat iqtisodiyot universiteti  huzuridagi DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar; Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengash; Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengash (bir martalik: 08.00.08 va 08.00.04 ixtisosliklari bo‘yicha); O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi  DSc.09/31.08.2022.I.151.01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi hisoblanadi. U quyidagi mahalliy va xalqaro ilmiy jurnallarning tahririyat a’zosidir: - “Logistika va iqtisodiyot” (O‘zbekiston); - “Moliya va Bank ishi” (O‘zbekiston); - “Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil” (O‘zbekiston); - International Editorial Board of IJMIE va International Editorial Board of IJRSS (Hindiston). Shuningdek, prof. N.Rizayev “Scholar.goole” bo‘yicha quyidagi indeksga ega: h-indeks - 8, i 10-indeks - 6. prof. N.Rizayev O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining 2022-yil 28-martdagi 39-sonli buyrug‘iga asosan: “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS) hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha Ekspertiza komissiyasi” a’zosi (kotibi) hisoblanadi. Ilmiy loyiha (Davlat granti) mavzusi: “Raqamlashtirishda tadbirkorlik subyektlarida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) joriy etish uslubiyoti masalalari”.  2024-yil iyundan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining professori lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyatining ixtisosligi: 08.00.08- “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” Ilmiy faoliyati davomida 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan (xorijiy jurnallarda 10 ta, jumladan xalqaro “Scopus” bazasida 4 ta). Hammualliflikda 4 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni chop etgan. Intellektual mulk obyektlari hisobi va tahlili bo‘yicha olib borgan 4 ta ishlanmalari uchun Intellektual mulk agentligining DGU mualliflik guvoxnomasiga ega. Uning ilmiy rahbarligida 2 nafar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va 1 nafar iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) tayyorlangan va himoya qilingan. prof. N.Rizayev quyidagi Ilmiy kengashlar va uning qoshidagi ilmiy seminarlarning a’zosi hisoblanadi: Xalqaro Nordik universiteti xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamliIlmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar; Toshkent dalat iqtisodiyot universiteti  huzuridagi DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar; Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengash; Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengash (bir martalik: 08.00.08 va 08.00.04 ixtisosliklari bo‘yicha); O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi  DSc.09/31.08.2022.I.151.01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi hisoblanadi. U quyidagi mahalliy va xalqaro ilmiy jurnallarning tahririyat a’zosidir: - “Logistika va iqtisodiyot” (O‘zbekiston); - “Moliya va Bank ishi” (O‘zbekiston); - “Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil” (O‘zbekiston); - International Editorial Board of IJMIE va International Editorial Board of IJRSS (Hindiston). Shuningdek, prof. N.Rizayev “Scholar.goole” bo‘yicha quyidagi indeksga ega: h-indeks - 8, i 10-indeks - 6. prof. N.Rizayev O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining 2022-yil 28-martdagi 39-sonli buyrug‘iga asosan: “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS) hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha Ekspertiza komissiyasi” a’zosi (kotibi) hisoblanadi. Ilmiy loyiha (Davlat granti) mavzusi: “Raqamlashtirishda tadbirkorlik subyektlarida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) joriy etish uslubiyoti masalalari”.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI INNOVASION RIVOJLANISH AGENTLIGI AMALIY LOYIHASI  

Loyiha rahbari: Fozil Dodiev 
Nomi:  O‘zbekistonda aholi kambag‘alligini aniqlashning interaktiv shakldagi elektron platformasini yaratish

Annotasiya

Loyiha O‘zbekistonda kambag‘allikni aniqlashning yangicha mezoni ishlab chiqishga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi yangicha mezonlar asosida kambag‘allikni aniqlashning interaktiv shakldagi elektron platformasini yaratish va amaliyotga joriy qilinshdan iborat. 

Loyihaning vazifalari:

  •     O‘zbekiston aholisining turmush darajasini tahlil etish asosida kambag‘allik ko‘lamini aniqlashning yangi mezonlarini ishlab chiqish;
  •     Aholining kambag‘al qatlamini aniqlash bo‘yicha tanlama kuzatuv o‘tkazishning so‘rovnomasini ishlab chiqish va uni shahar hamda qishloq sharoitida amalga oshirish; 
  •     Aholi daromadlari va xarajatlarini o‘rganish natijasida O‘zbekistonda kambag‘allikning kelib chiqishi sabablarini aniqlash;
  •     Kambag‘allik darajasiga davlat ta'sirining usul va shakllarini takomillashtirish; 
  •     Kambag‘allikni qisqartirish mexanizmini taklif etish.

Click to link to download - include a link to the PDF!

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Toshkent
Kimyo
Xalqaro
Universiteti

© 2018 - 2025 KIUT.
Barcha huquqlar himoyalangan

Dars jadvallari Intranet Intranet (Sirtqi taʼlim) Kutubxona E-pochta Talabalar baholari Talabalarning davomati Davomat
100121 Toshkent, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy
+998 78 129 40 40
info@kiut.uz

Bizni kuzatib boring