• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
Til
  • English
  • Русский
  • O'zbekcha
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet
    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    KIUT Shop
    Talabalar uyushmasi
    Kafedralar
    Bo'limlar
  • Dasturlar
    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    Muhandislik maktabi
    Biznes va moliya maktabi
    Taʼlim maktabi
    Sanʼat maktabi
    Tibbiyot maktabi
  • Qabul
    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    Qabul Toshkent shahri
    Qabul Namangan shahri
    Qabul Samarqand shahri
    MBA AlmaU
  • Tadqiqot
    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    Doktorantura
    Innovatsion markaz
    Ilmiy jurnallar
    Ilmiy boʻlim
  • Filiallar
    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

«Libos dizayni» kafedrasi 

“Libos dizayni” – Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2019 – 2020 o’quv yilida o’z faoliyatini boshlagan badiiy ta’lim yo’nalishlaridan biridir. 2020 yilda ta’lim yo’nalishi tarkibida “Libos dizayni” kafedrasi tashkil etilgan. 
Kafedra o’quv faoliyati sifatli badiiy ta’lim berish va libos dizayni sohasida yuqori malakali mutaxassislarni yetishtirib chiqishga qaratilgan. Yuqori ta’lim sifatiga erishish maqsadida o’quv dasturidagi nazariy va amaliy fanlar o’zaro uyg’unlikda tashkil etilgan.  O’quv jarayonidagi badiiy – loyihaviy faoliyatga qaratilgan fanlar talabalarning turli guruh va yosh uchun mo’ljallangan libos to’plamlarini yarata olish salohiyatlarini shakllantirishga mo’ljallangan. Bugungi kunda rivojlanayotgan texnologiyalar, ish beruvchilarning talablari, modadagi zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda o’quv rejaga maxsus laboratoriyalarda amaliyot ko’rinishida olib boriladigan “Raqamli libos dizayni”, “Moda illyustratsiyasi”, “Moda fotografiyasi” kabi fanlar joriy etilgan. Ushbu fanlar doirasida talabalar kelajak kasbiy faoliyatlari uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan bilim va ko’nikmalarga erishadilar. Masalan, “Raqamli libos dizayni” fani doirasida o’quv rejaga bugungi kunda eng aktual hisoblangan virtual libos loyihasini yaratuvchi Clo 3D dasturi kiritilgan. Clo 3D - libos yaratishning barcha jarayonlarini ishlab chiqish, xatto yakuniy natijaning vizual ko’rinishini yaratish imkonini beruvchi va bugungi kunda qator brendlar ish jarayonida qo’llaydigan eng zamonaviy dasturlardan biridir.
Ayni damda o’ndan ortiq professor va o’qituvchilar “Libos dizayni” kafedrasi tarkibida pedagogik, ilmiy va metodik faoliyat olib boradi: “Dizayn metodologiyasi” fanidan o’quv qo’llanma nashr etilgan.

Kafedraning ichki raqami: ( 167 )

Sevara Sadikova
Sevara Sadikova
Kafedra Mudiri

2020 - yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Libos dizayni” kafedrasida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyat sohalari - dizayn tarixi va nazariyasi. “Kostyum tarixi”, “Moda tarixi” fanlari o’qituvchisi.

Allabergenova Ayrin
Allabergenova Ayrin
Dotsent

2020 – yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, “Libos dizayni” kafedrasida faoliyat yuritadi. O’zbekiston badiiy Akademiyasi qoshidagi Badiiy ijodkorlar uyushmasining “Dizayn” sho’basi a’zosi. O’z pedagogik faoliyatini 1997 - yilda boshlagan. Moda, dizayn mavzulariga oid qator maqolalar va o’quv qo’llanmalar muallifi, liboslar namoyishi tashkilotchisi. 2022 - yilda 79 Venetsiya kinofestivalida “Bratan” filmi dunyo kinematografi durdonalari ro’yxatiga kiritildi (A.B. Allabergenova liboslar bo’yicha rassom). “Loyihalash”, “Moda tarixi”, “Dizayn metodologiyasi”, “Moda mediasi” kabi maxsus fanlar o’qituvchisi.

Shomansurova Muxtabar
Shomansurova Muxtabar
Dotsent

Ilmiy faoliyat sohalari – tikuv buyumlarini loyihalash va modellashtirish; tikuv va trikotaj buyumlarini ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini (CAD/CAM/ERP) ishlab chiqish va joriy qilish; kiyim loyihalash jarayonida 3D tizimlarni qo’llash; ishlab chiqarish usullarini takomillashtirish. Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti xuzuridagi ilmiy kengash a’zosi (27.06.2021 г. Т. 08.01.). Xalqaro Parij moda akademiyasi yetakchi o’qituvchisi. Gerber Lectra Technology (Turkiya), Gemini CAD system (Ruminiya), Polen CAD (Turkiya), Alvanon (Gonkong) korxonalarining Toshkentdagi vakili.

Qosimova Sarvinoz
Qosimova Sarvinoz
Katta o'qituvchi

2021-yildan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, “Libos dizayni” kafedrasi katta o’qituvchisi. O’zbekiston badiiy Akademiyasi qoshidagi Badiiy ijodkorlar uyushmasining “Rangtasvir” sho’basi a’zosi.Pedagogik faoliyatini 2014 yilda boshlagan. Xalqaro va mahalliy ko’rgazmalarning doimiy qatnashchisi. O’zbekiston Badiiy Akademiyasining 3 karra oltin medali sohibi. “Grafika”, “Eksperimental chizmatasvir” fanlari o’qituvchisi.

Rajabova Farog’at
Rajabova Farog’at
Katta o'qituvchi

2021 - yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, “Libos dizayni” kafedrasi katta o’qituvchisi. Asosiy ilmiy faoliyati tikuv buyumlarini yaratishda texnologik usullar; “Muller and Son” texnologiyasi bo’yicha modellashtirish. “Modellashtirish”, “Tikuv buyumlari texnologiyasi” kabi fanlar o’qituvchisi

Axmedova Muqaddam
Axmedova Muqaddam
O'qituvchi

2020 – yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, “Libos dizayni” kafedrasi o’qituvchisi. Pedagogik faoliyatini 2007-yilda boshlagan. Qator ilmiy maqolalar muallifi. “Modellashtirish”, “Tikuv buyumlari texnologiyalari” fanlari o’qituvchisi. Hozirgi vaqtda “Elektron ta’limda Libos dizayni yo’nalishi talabalarining maxsus kompetensiyalarini oshirish” mavzusida ilmiy izlanish olib boradi.

Mirraximova Shahnoza
Mirraximova Shahnoza
O'qituvchi

2020-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, “Libos dizayni” kafedrasi o’qituvchisi. Hozirga vaqtda raqamli moda sohasida ilmiy izlanish olib boradi. “Loyihalash”, “Raqamli libos dizayni” (CLO 3D), “Modellashtirish” kabi fanlar o’qituvchisi.

Nosirova Nodiraxon
Nosirova Nodiraxon
O'qituvchi

2022 - yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, “Libos dizayni” kafedrasi o’qituvchisi. Yengil sanoat va ishlab chiqarish sohalarida katta tajribaga ega. Turli davrlarda kiyim ishlab chiqarish korxonalarida dizayner lavozimida faoliyat yuritgan. “Kompyuter dizayni” (adobe illustrator, adobe photoshop, corel draw), “Tekstil dizayni”, “Loyihalash” fanlari o’qituvchisi.

Samikova Zaxro
Samikova Zaxro
O'qituvchi

2021 - yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, “Libos dizayni” kafedrasi o’qituvchisi. Pedagogik faoliyatini 2007 yilda boshlagan. Materialshunoslik sohasida qator ilmiy maqolalar va adabiyotlar chop etgan. “Materialshunoslik”, “Tikuv buyumlari texnologiyasi” fanlari o’qituvchisi.

Maxsumov Saidakrom
Maxsumov Saidakrom
O'qituvchi

2020-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, “Libos dizayni” kafedrasi o’qituvchisi. Tikuv buyumlari texnologiyasi, individual o’lcham asosida libos yaratishda katta tajribaga ega. “Tikuv buyumlari texnologiyasi”, “Loyihalash” fanlari o’qituvchisi.

Ashurbaeva Sitora
Ashurbaeva Sitora
Katta o'qituvchi

2020 – yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, “Libos dizayni” kafedrasi katta o’qituvchisi. Pedagogik faoliyatini 2010-yilda boshlagan. “Sharq” gazetasining “Moda va stil” ruknining yetakchi muallifi. “Libos dizayni”, “Rangshunoslik” fanlari o’qituvchisi. Turli ko’rgazmalar ishtirokchisi. 2020-yilda Xalqaro “Oltin meros” fondi va O’zRFA qoshidagi Milliy arxeologiya markazi ko’magida tashkil etilgan “To’rg’ay”, “Qaldirg’och”, “Oxangaron yulduzlari” Toshkent viloyati folklor ansambllari uchun tarixiy va milliy liboslar eskizlari muallifi.

Feruza Ataxanova
Feruza Ataxanova
Professor

1994 yilda Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutini "Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi, konstruksiyasi va modellash"mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. 2003-2024 yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Libos dizayni” kafedrasida o'qituvchi, katta o'qituvchi, dotsent, kafedra mudiri, professor lavozimlarida ishlagan. 2024 yil sentyabr oyidan boshlab Toshkent Kimyo xalqaro universitetining "Libos dizayni" kafedrasida professor vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Feruza Ataxanova dotsent ilmiy unvoniga (2019) va san'atshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega (2022). U bir nechta ilmiy maqolalar, darslik va o'quv qo'llanmalari, shuningdek monografiya muallifi. Bundan tashqari, "Dizayn – san'at va fan tutashuvidagi faoliyat sifatida" xalqaro konferensiyasining tashkilotchisi va moderatori hisoblanadi. Erasmus loyihasida faol ishtirok etgan. Malaka oshirish sertifikatlariga ega.

Bahrom Kultashev
Bahrom Kultashev
O'qituvchi

2014-yildan O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida pedаgоgik faoliyatini boshlagan. 2022 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Libos dizayni” kafedrasida ish boshlagan. O’zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida Tasviriy va amaliy bezak san’ati (17.04.00) ixtisosligida mustaqil tadqiqotchi. Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti san’atshunoslik bo’yicha bakalavr, magistr darajasini olgan. Ikkita o’quv qo’llanma, yigirmadan oshiq ilmiy maqolalar muallifi. YUNESCO ning O’zbekiston xalq amaliy san’ati va hunarmand ayollarni qo’llab quvvatlash bo’yicha ikkita loyiha muallifi.

Click to link to download - include a link to the PDF!

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Toshkent
Kimyo
Xalqaro
Universiteti

© 2018 - 2025 KIUT.
Barcha huquqlar himoyalangan

Dars jadvallari Intranet Intranet (Sirtqi taʼlim) Kutubxona E-pochta Talabalar baholari Talabalarning davomati Davomat
100121 Toshkent, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy
+998 78 129 40 40
info@kiut.uz

Bizni kuzatib boring